Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Messining jahon chempionatidagi g‘alabasi Neymarni ruhlantirdi. Do‘stining g‘alabasi tufayli u kelajakka bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirdi

Messining jahon chempionatidagi g‘alabasi Neymarni ruhlantirdi. Do‘stining g‘alabasi tufayli u kelajakka bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Braziliyaning Terra nashri xabariga ko‘ra, Neymar Lionel Messining jahon chempionatidagi g‘alabasidan shunchalik ilhomlanganki, u terma jamoadagi faoliyatini yakunlash g‘oyasidan voz kechgan, chunki u keyingi turnirda "Selesao"ni chempionlikka olib chiqishni xohlaydi.

Neymar birinchi o‘yinda jarohat oldi va faqat pley-offdagina maydonsha qaytdi, ammo bu jamoaga yordam bermadi - braziliyaliklar ¼ finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi.

"PSJ" hujumchisi avvalroq bu uning so‘nggi jahon chempionati bo‘lishi mumkinligini aytgandi, biroq u faoliyatini yakunlashini e’lon qilmagan, chunki bu boradagi fikri 35 yoshida buni uddalay olgan Messining g‘alabasidan keyin o‘zgargan.

Do‘sti orzu qilingan kubokni ko‘targanini ko‘rgach, Neymar 2026 yilda terma jamoani shon-sharafga olib borish niyatida Braziliyada o‘ynashni davom ettirishga qaror qildi. Keyingi jahon chempionatida u 34 yoshda bo‘ladi. Agar u jismoniy holatini saqlab qolsa va yuqori saviyada o‘ynashda davom etsa, Neymar o‘sha vaqtda Braziliya terma jamoasida katta rol o‘ynashi mumkin.

2010 yilgi debyutidan beri Neymar terma jamoa safida 124ta o‘yinda maydonga tushib, 77ta gol urdi va Pele bilan to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Biroq, har qancha urinmasin, braziliyalik hujumchi haligacha xalqaro maydonda yirik sovrinni qo‘lga kirita olmadi. 2019 yilgi Amerika kubogidagi Braziliyaning g‘alabasida Neymar jarohat sabab turnirni o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 23:39, 25.12.2022.
O'qildi: 2680 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.