Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Nasaf» bayonot berdi: Klubga hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q

«Nasaf» bayonot berdi: Klubga hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q

Baho:
+ | -

Yurtimizda futbol mavsumi yakunlanib, transfer oynasi ochilgan, jamoalarda keldi-ketdilar boshlangan vaqt. Turli internet nashrlarida ham «Nasaf» jamoasining 4 nafar a’zosi go‘yoki «Bunyodkor» jamoasiga majburan o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

«Nasaf» jamoasi 2022 yilda O‘zbekiston Superligasi, O‘zbekiston Kubogi va OCHL musobaqalarida ijobiy natija qayd etdi. Yuqori o‘rinlarni olgan va xalqaro maydonda munosib ishtirok etgan futbolchilarimizga ham nafaqat yurtimiz jamoalaridan balki xorijiy jamoalardan ham qiziqish bo‘lib kelgan va bo‘lmoqda ham. Bu futboldagi tabiiy jarayon.

Futbolchilarimizga qiziqishlar doirasida «Nasaf» futbol klubiga hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q. Jamoa yetakchilarini boshqa jamoaga berib yuborish evaziga, klub smetasini oshirish degan asossiz taxminlar sport nashrlarida chiqmoqda. Bunday asossiz xabarlar jamoa, muxlislar, homiylar va klub o‘rtasida tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi. O‘zingizga ma’lum, keladigan 2023 yilda «Nasaf» OCHL musobaqasida ikki marta ishtirok etadigan yurtimizning yagona vakili hisoblanadi. Jamoa keyingi mavsumda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishi uchun xorijda yig‘in va xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Nasaf» futbol klubi homiylari jamoaning keyingi yilda qolgan jamoalarga nisbatan ko‘proq rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishi va yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishlari inobatga olgan xolda, klubning 2023 yilgi xarajatlar smetasini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Sport nashrlari va blogerlardan klubning imijiga, ichki muhitiga, klub va homiylar o‘rtasidagi aloqalarga putur yetkazadigan, isbotlanmagan va asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:21, 27.12.2022.
O'qildi: 2624 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик