Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Xoland APLda o‘ynashni orzu qilgan, biroq «Man Siti»da emas...

Xoland APLda o‘ynashni orzu qilgan, biroq «Man Siti»da emas...

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Bugun, tunda Angliya premyer-ligasida «Lids» va «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Uchrashuv hujumchi Erling Xolandning oilasi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Futbolchining otasi Alf-Inge har ikki klubda ham uch yil o‘ynagan. Erling ham bolaligidan aynan «Lids» va «Siti»ga muxlis bo‘lgan. Quyida bu xususda qisqacha gapiramiz.

Hammasi Erlingning tug‘ilishi bilan boshlandi. U 2000 yilda otasi shu nomdagi klubda o‘ynagan paytda Lidsda tug‘ilgan. Shunday qilib, ushbu shahar va bo‘lajak futbolchi o‘rtasidagi aloqa yuzaga keldi. Erling bolaligida bu klubni qo‘llab-quvvatlagan. 16 yoshida u «Lids»da o‘ynashni orzu qilishi va hatto jamoa bilan Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishni rejalashtirganini tan oldi. «Mening orzuim «Lids» bilan Premyer-ligada g‘alaba qozonish. Qolaversa, men otamdan ham yaxshiroq futbolchi bo‘lishni xohlayman. Umid qilamanki, Norvegiya uchun undan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazaman», — degandi Xoland bir paytlar. Bu hazil bo‘lishi mumkin edi, ammo Xoland o‘z harakatlari bilan klubga bo‘lgan ishtiyoqini tasdiqladi. 2019 yilda u «Lids» futbolkasiga ega chiqdi, biroq shunchaki muxlis sifatida. 2020 yilda Norvegiya Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng (5:1) Erling o‘sha klubda o‘ynagan Styuart Dallas bilan forma almashdi. «Men futbolka savdosi bilan shug‘ullanmayman. Kim bilan o‘ynashimdan qat’i nazar, olgan formalarimni saqlab qolishni yoqtiraman. Erling mening orqamdan yurib, forma almashish haqida so‘radi. Bu, ehtimol, eng aqlli ish emas edi, chunki biz 1-5 hisobida yutqazdik va men kamera oldida kulyapman. Uskunalarni almashtirdik, keyin u menga engashib o‘z iltimosini aytdi. Bu biroz g‘alati edi. Men «Lids» va uning otasi o‘rtasidagi aloqa haqida bilardim. U mening futbolkamni xohlagani juda yoqimli edi», - dedi Dallas. «Tasdiqlashim mumkinki, Xoland bir necha yil oldin «Lids» bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Lekin u yolg‘on gapirdi chog‘i, bu esa klubning hafsalasini pir qildi (kuladi). Biz keyin bu borada biroz suhbatlashdik», dedi lidslik Jeyms Milner Erling bilan o‘zaro munosabatlari haqida. Ayni damda Xolandning «Lids»ga o‘tishini tasavvur qilish qiyin. Erling aql bovar qilmas darajada yuqori narxga ega dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri va uning bolalikdagi sevimli klubi Premyer-liganing autsayderi bo‘lishi albatta, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ammo 2017 yilda tarix boshqacha ketishi mumkin edi. Mashhur agentlardan biri Xeyden Evans The Athletic nashriga Xolandda haqiqatan ham «Lids» futbolchisi bo‘lish imkoniyati borligini aytdi. «U Moldeda o‘ynagan, o‘shanda 17 yosh edi. Men «Lids» sport direktori Viktor Orta bilan gaplashdim va «Mana, men Erlingni klubga olib kela olaman, qolganini sen qilasan», dedim.

Alfi va Erling Lidsga etib kelishdi. U yerda Xolandning ismi yozilgan futbolka allaqachon bor edi. «Erlingning o‘yinni ko‘ra olishi meni hayratda qoldirdi. «Elland Roud» — bu «Elland Roud», u ushbu stadionni yaxshi ko‘radi, u «Lids» muxlisi, u faqat futbol haqida gapirmoqchi edi», dedi Evans. Muzokaralar yaxshi o‘tdi, Xolandning oilasi Norvegiyaga qaytdi, ammo xulosa shuki, «Molde» 4,5 million yevrodan ko‘proq pul so‘ragan. «Lids» barqaror moliyaviy ahvolda emas edi va Erling darhol asosiy jamoada o‘ynashini kutmagandi. Xolandning otasi uni bir hafta ichida «Yuventus»ga o‘tishini aytdi. Orta futbolchini qo‘lga kiritishning aqlli yo‘lini topdi: u Turindagi odamlar bilan bog‘lanib, hujumchini «Lids»ga ijaraga berish uchun shartnoma tuzdi. Ammo oxir-oqibat bu ishdan hech narsa chiqmadi. Ko‘p narsani pul hal qildi. Mino Rayola (Xolandning sobiq agenti) katta taklif bilan chiqdi va yosh yulduz uchun pul to‘lashga tayyor klublar ro‘yxatini shakllantirdi va qolgan hamma narsa tarixda qoldi. Agar u bugun «Lids»da bo‘lganida, Erlingning karyerasiga qarash qiziq bo‘lardi.

Kiritildi: 17:36, 28.12.2022.
O'qildi: 4201 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.