Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov rapidni kuchli o‘nlikda yakunladi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov rapidni kuchli o‘nlikda yakunladi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempionati bugun yakuniga yetdi. Bugun shaxmatchilar so‘nggi 4 ta tur bahslarini to‘kazishdi.

Kechagi o‘yinlardan so‘ng 3-o‘rinda borayotgan Nodirbek Abdusattorov uchun bugungi bahslar u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Hamyurtimiz to‘rtta o‘yinning 3 tasida durang o‘ynab, bir marta yutqazib qo‘ydi.

Hindistonlik Vidit Santoshga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat alamli bo‘ldi. Nodirbek oddiy vaziyatda judayam qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va kamida durangni qo‘ldan chiqardi. Aks holda o‘sha o‘yin durang bilan yakunlaganida ham Abdusattorov turnirni kuchli beshlikda yakunlashi mumkin edi.

Rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni hisoblangan vatandoshimiz 8,5 ochko bilan musobaqani 10-pog‘onada yakunladi.

Magnus Karlsen esa chempionlikni qo‘lga kiritdi. Norvegiyalik sportchi 10 ochko jamg‘ardi. Ikkinchi pog‘onani kutilmaganda Vinsent Keymer egalladi (9,5 ochko). Germaniyalik shaxmatchi turnirda 54-sportchi sifatida saralagandi. Uchinchi o‘rinni egallagan Fabiano Karuano (AQSH) ham 9,5 ochko jamg‘ardi. U qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Keymardan ortda qoldi.

Vakillarimiz orasida Shamsiddin Vohidov (39)? Javohir Sindarov (69), Muhiddin Madaminov (85), Nodirbek Yoqubboyev (88) va Muhammadzohid Suyarov (98) kuchli yuzlikka kirishdi.

Ertadan blis bo‘yicha JCH bahslari boshlanadi. Unda sportchilar jami 21 martadan o‘yin o‘tkazishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:14, 28.12.2022.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик