Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Anvar G‘ofurov: «Murabbiy bilan kelishmovchilik ketishimga sabab bo‘lgan»

Anvar G‘ofurov: «Murabbiy bilan kelishmovchilik ketishimga sabab bo‘lgan»

Baho:
+ | -

"Neftichi"ga qaytib, bugun klub bilan shartnoma imzolagan Anvar G‘ofurov jamoa matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Anvarjon, avvalambor, “Neftchi”safiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Klubga qaytishingizga nima turtki berdi?
—  Jonajon jamoamga qaytganimdan juda ham xursandman. Klubga bo‘lgan mehrim va jamoamiz bilan yangi mavsumda medallar uchun kurashish sababidan "Neftchi"ga qaytdi. Bundan tashqari, jamoamiz safida tajribali futbolchilar yig‘ilgan.

— O‘tgan mavsum birinchi davrasida jamoamizni birinchi davradayoq tark etgansiz. Bunga sabab nima bo‘lgan edi?
— Yaxshi savol berdingiz, o‘tgan mavsumda “Neftchi”ni tark etish niyatim yo‘q edi, bu borada o‘zimga ham muxlislar ko‘p savol berishgan. To‘g‘risini aytaman, ketishimga sabab o‘sha paytdagi murabbiy bilan oramizda ozgina kelishmovchilik bo‘lgan edi va jamoani tark etishimga to‘g‘ri kelgan.

— “Neftchi” jamoasi safida o‘ynamagan bo‘lsangiz ham baribir jamoamizga befarq emassiz,  o‘tgan mavsum davralar oralig‘idagi murabbiylar o‘zgarishi jamoaga qanday ta’sir qildi, deb o‘ylaysiz?
— Murabbiylar shtabi o‘zgarishi bilan “Neftchi”da ijobiy o‘zgarishlarni hamma ko‘rdi. Vitaliy Grigorevich Yevropa futboli taktikalarini qo‘laydigan mutaxassis xisoblanadi, uning jamoaga kelishi o‘z samarasini berdi va klub Superligada qoldi. Umuman olganda, bosh murabbiy taktikalari mening o‘yin amaliyotimga mos keladi. Xudo hoxlasa yangi mavsumda medallar uchun kurashamiz.

— Yangi mavsumga muxlislar uchun tilaklaringiz?
— Muxlislarimiz yangi mavsumda “Istiqlol” stadionga kelib qo‘llab-quvvatlab turishsa, biz maydonda jonimizni berib, mavsum yakunida ularni medallar bilan xushnud etishga harakat qilamiz

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 20:48, 28.12.2022.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик