Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Futbol va ijtimoiy tarmoq: JCH-2022 «Tvitter» nigohi bilan

Futbol va ijtimoiy tarmoq: JCH-2022 «Tvitter» nigohi bilan

Baho:
+ | -

Sayyoramizdagi eng badavlat inson - Ilon Mask o‘ziga tegishli «Tvitter» ijtimoiy tarmog‘ining JCH-2022ga bog‘lik qiziqarli statistik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qatar mundiali turli raqamlar bo‘yicha oxirgi ikki yirik sport turniri (JCH-2018 va Tokio-2022 Olimpiadasi)dan ancha ilgarilab ketdi.

Tabiiyki, eng ommaviy ijtimoiy tarmoqlardan biri sanalgan «Tvitter» olami ham Qatar-2022 mundiali bilan hamnafas bo‘ldi. Mana, asosiy hosilalar: 

#World xeshtegi tarmoqda eng yuqori o‘rinlardan joy oldi.

#WC2022 ostidagi muhokama va fikr-mulohazalar me’yori 147 milliard «tvit»ga yetdi va #WC2018ni yengilgina ortda qoldirib, #Tokio2020dan 2 baravar ko‘p natija ko‘rsatdi.

JCH-2022 vaqti muhokamalar avjiga chiqqan asosiy 5ta holat:

1. Argentina - Fransiya. Final. Penaltilar seriyasi yakunlandi, Argentina chempionlik qo‘lga kiritdi.

2. Argentina - Fransiya. Final. Mbappe qoyilmaqom zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. 

3. Xorvatiya - Braziliya. 1|4 final. Braziliya penaltilar seriyasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Xorvatiya yarim finalga chiqdi.

4. Argentina - Fransiya. Final. Anxel di Mariya hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

5. Xorvatiya - Braziliya. 1|4 final. Neymar 106-daqiqada gol urib, Braziliyani oldinga olib chiqdi.

Musobaqa davomida nomi eng ko‘p tilga olingan futbolchi - Lionel Messi. Bu borada yuqori beshlik tartibi:

1. Lionel Messi

2. Kilian Mbappe

3. Neymar

4. Krishtianu Ronaldu

5. Son Xyun Min

Tabiiyki, chempion - Argentina termasi eng ko‘p eslangan ishtirokchi bo‘ldi. Bu borada yuqori beshlik tartibi:

1. Argentina

2. Braziliya

3. Fransiya

4. Portugaliya

5. Xorvatiya

«Tvit» qoldirish masalasida braziliyaliklarga yetadigani topilmadi. Bu borada yuqori beshlik tartibi:

1. Braziliyaliklar

2. Yaponiyaliklar

3. Argentinaliklar

4. Amerikaliklar

5. Fransiyaliklar

- Fransiya termasi goliga soniyasiga 24,400 «tvit» - bu jahon chempionatidagi eng yuqori natija! Ilon Mask («Tvitter» egasi).

Nihoyat, Argentina termasini jahon chempionati taxti sari yetaklagan Lionel Messining kubok bilan tushgan suratlari kolleksiyasi esa «Instagram»da rekord o‘rnatdi. Leoning ushbu postiga 72 milliondan ko‘p «layk» bosildi. «Instagram» tarmog‘i tarixida biror post bu qadar ko‘p «layk» to‘plamagandi. Avvalgi rekord 2019 yilning yanvarida qayd etilgan bo‘lib, oddiy tovuq tuxumi suratiga 56 milliondan kamroq «layk» bosilgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:04, 30.12.2022.
O'qildi: 1702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик