Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nevill Ronaldu haqida: "Biroz xafaman. Biz Krishtianuni kamroq ko‘ramiz"

Nevill Ronaldu haqida: "Biroz xafaman. Biz Krishtianuni kamroq ko‘ramiz"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti Gari Nevill portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "An-Nasr"ga o‘tishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, endi biz Ronalduni kamroq ko‘ramiz. Ushbu o‘tish bizga bir nechta narsalarni aytib beradi. Birinchidan, Saudiya Arabistoni futbolga qanchalik jiddiy yondashayotgani haqida. Ular bitta o‘yinchiga ko‘p pul sarflashdi. Ular ligani kuchaytirishga harakat qilishmoqda.

Ammo Ronalduga kelsak, u hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha Yevropaning eng yaxshi ligalaridan birida qolib, ko‘proq gol urishni xohlayotgandek tuyuldi. Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolash to‘g‘risidagi qaror, taklif haqiqatan ham katta ekanligini ko‘rsatadi. Balki Yevropada qiziqish bo‘lgandir, lekin bu variant Krishtianuga to‘g‘ri kelmadi va u shunday tanlov qildi. Bu biroz achinarli, chunki bu Ronalduning eng yuqori darajadagi o‘yinini oxirgi marta ko‘rishimizdir", - deya Nevill so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Kiritildi: 12:07, 31.12.2022.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик