"Arsenal" hujumchisi Bukayo Saka jamoadoshi Martin Edegor haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Edegor bu mavsumda ajoyib o‘ynayapti. U jamoa uchun ko‘p ish qildi. Uni jamoamizning orkestri deb atash mumkin. Martin juda samarali, u maydonga katta foyda keltiradi", dedi forvard.
24 yoshli norvegiyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.