Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Qo‘qon-1912” prezidenti jamoani tark etdi

“Qo‘qon-1912” prezidenti jamoani tark etdi

Baho:
+ | -

Shu kunga qadar “Qo‘qon-1912” futbol klubi prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan Grigoriy Viktorovich Ayrapetov jamoa bilan xayrlashdi.

Grigoriy Viktorovich qo‘qonliklar bilan xayrlashar ekan o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi.

- Sevimli Qo‘qon-1912 jamoamizni superligada olib qololmaganligim uchun yuragimdagi dog‘ va aybdorlik hissi bilan jamoa bilan xayrlashmokdaman.

Bugun eng qiyin qarorlarimdan birini qabul qildim. “Qo‘qon-1912” jamoasidagi deyarli 7 oylik faoliyatimni bugun to‘xtatishga qaror qildim. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman. Bu jamoaga meni taklif qilgan insonlarga ajoyib imkoniyat uchun rahmat aytaman! Ushbu jamoadagi faoliyatim davomida kelgusida menga asqotadigan juda katta tajriba va xulosalarga ega bo‘ldim.

Xususan, jamoadagi prezident sifatidagi ishimdan to‘g‘risi qoniqmadim. Ya’ni qoniqarli ishlay olmadim. Mendan keyingi rahbarga jamoani yangi bosqichga olib chiqib, tez orada jamoani yana superligaga qaytarishini, shuningdek, yuqori darajada ishlashiga tilakdoshman!

Kishining xursand qiladigan narsa shuki, jamoadagi to‘planib turgan barcha qarzdorliklar bartaraf etildi, shuningdek, “Markaziy” stadion yoritgichlari uchun 100 foiz to‘lovlar amalga oshirilgan, OFK talablariga javob beradigan yangi darvozalar olib kelindi. Alloh nasib qilsa, xammamiz uchun kadrli bo‘lgan sevimli muxlislarimiz 2023 yildagi musobaqa o‘yinlarini jonajon Qo‘qon shahrimizdagi o‘z stadionimizda bevosita kuzatib borishlari mumkin bo‘lganidan mamnunman.

Jamoamizni qo‘llab turgan minglab tomoshabinlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Muxlislarimizni doimo hurmat qilganman, qadrlaganman. Fursatdan foydalanib, muxlislarimizni kirib kelgan yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman, xonadonlarida tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalik hukm sursin. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

«Qo‘qon-1912» jamoasida birga ishlagan barchaga, murabbiylar, futbolchilar, jamoada ishlagan xar bir xodimga samimiyat va iliq munosabat uchun katta rahmat aytaman!
Bizga og‘ir damlarda ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat!
Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin! -dedi Grigoriy Viktorovich.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:18, 01.01.2023.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.