Belgiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Qatardagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikni esladi.
"Marokashga qarshi o‘yin meni uzoq vaqt ta’qib qiladi, Kanadaga qarshi esa biz yaxshi ko‘rinmadik - bizning o‘yinimiz shunchaki sifatli emas edi.
Xorvatiyaga qarshi o‘yinda hammasi boshqacha edi – biz ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik va so‘nggi yarim soat ichida ham gol urmaganimizni hech bir mutaxassis tushuntirib bera olmaydi. Hammasini bir necha millimetr hal qildi”, dedi Martines.