Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Ronaldu hali hammasi emas. "An-Nassr" yana ikkita superyulduzni jamoaga olib kelmoqchi

Ronaldu hali hammasi emas. "An-Nassr" yana ikkita superyulduzni jamoaga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi Krishtianu Ronaldu bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda rasmiy habarlar allaqachon chiqib ulgurgan. 37 yoshli hujumchining shartonmasi va qancha pul ishlab topishi ma’lum bo‘lib ulgurdi. SBS Sport xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi har mavsumda 70 million yevro oladi (Marsa ma’lumotlariga ko‘ra, yiliga 200 million yevro). Shundan so‘ng Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoning mundialdagi elchisi vazifasini bajaradi. Aftidan, hujumchi Yaqin Sharqda zerikmaydi. "An-Nassr" yana ikki nafar superyulduzni jamoaga taklif qilmoqchi.

Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos 2021 yilning yozida "PSJ"ga o‘tgandi. O‘shandan beri u klub safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi, Fransiya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi. Hammasi yaxshi bo‘lishi mumkin edi, ammo hozir Ramos jarohatga juda moyil: 2021/2022 yilgi mavsumda u uchta jarohat olgan, shu sababli u 33 uchrashuvni (197 kun) o‘tkazib yuborgan. Uning "PSJ" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va uni uzaytirilmasligi mumkin.

"An-Nassr" rahbariyati Serxio Ramos bilan uchrashib, unga loyiha haqida gapirib bermoqchi. Tez orada ispaniyalik istalgan jamoa bilan muzokara olib borishi mumkin bo‘ladi. Marsa xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi Krishtianu Ronaldudan keyin 36 yoshli himoyachini sotib olmoqchi. Bundan tashqari, "An-Nassr" mavsum oxirida londonliklar bilan shartnomasi tugaydigan "Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kanteni ham tekinga qolga kiritmoqchi. Bu haqda Foot Mercato xabar bermoqda.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni klubi 2030 yilgi jahon chempionati mezbonlik qilish istagini ular orqali (Gresiya va Misr bilan birgalikda.) ilgari surish maqsadida bir qancha kuchli futbolchilarni olib kelishni rejalashtirgan. Endilikda "An-Nassr" tarkibida 8 nafar xorijlik futbolchi bor, Saudia Arabistoni chempionatida esa ligeonerlarga qo‘yilgan cheklov bor va br klubda boshqa davlat fuqarolari yettitadan oshmasligi kerak. Krishtianu Ronalduning transferi uchun kamida ikkita futbolchini sotish kerak bo‘ladi, 2023 yilning yozida Kante transfer qilingan taqdirda boshqa ligeonerlar ham ketishi kerak bo‘ladi. Qiziq, saudiyaliklar "PSJ" va "Chelsi" yulduzlariga qancha maosh taklif qilishga tayyor ekan? 

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 00:43, 02.01.2023.
O'qildi: 7330 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.