Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Ronaldu "Real"ni tark etib, "Yuventus"ga o‘tganidan pushaymon bo‘lganligi ma’lum qilindi

Ronaldu "Real"ni tark etib, "Yuventus"ga o‘tganidan pushaymon bo‘lganligi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o‘tganidan ko‘p marta pushaymon bo‘lgan.

Relevo nashrining portugaliyalik futbolchining atrofidagilarga tayanib xabar berishicha, Ronaldu hech qachon Turinda Madriddagidek baxtli bo‘lmagan. Bir necha oy davomida Krishtianu o‘zini juda yomon his qildi va "Yuventus"ga o‘tganidan afsuslandi.

Ronaldu "Yuventus"da sermahsul o‘ynagan va bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, u hech qachon jamoaga to‘g‘ri kelmagan. U "Yuve"dagi sheriklari bilan deyarli muloqot qilmagan.

Ronaldu nihoyat "Yuve"dan charchaganida "Manchester Yunayted"ga o‘tdi.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” bilan shartnoma bekor qilinganidan so‘ng hujumchi “Real”dan unga taklif bilan chiqishni so‘nggi daqiqalargacha kutgan. Shu tufayli Ronaldu hatto Madrid bazasida mashg‘ulotlarga ham bordi. Biroq, "Real" unga shartnoma taklif qilmadi.

Bir necha kun oldin hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi futbolchisiga aylandi.

Kiritildi: 17:02, 02.01.2023.
O'qildi: 4026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик