Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Davron Fayziyev Jaloliddin Masharipovning "An-Nasr"dagi holati haqida fikr bildirdi

Davron Fayziyev Jaloliddin Masharipovning "An-Nasr"dagi holati haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Taniqli jurnalist, sharhlovchi Davron Fayziyev O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Jaloliddin Masharipovning "An-Nasr"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Jaloliddin Masharipov bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha taxminim

Oxirgi kunlarda uning nomi sport mediasida ko‘p tilga olinmoqda. Ronaldu kelgach, Masharipov "An-Nasr"dan ketadi degan xabarlar chiqdi. Uning o‘zi esa kecha jonli efirda afsonani kutayotganini aytdi.

Jaloliddin garchi so‘ngi o‘inlarda qatnasha olmagan bo‘lsada, klubdan ketish niyati yo‘q. "An-Nasr" vakillari, Rudi Garsiya ham unga ketish talabini qo‘yishmagan. Saudiya va Amirliklarning bir qancha jamoasi unga taklif bilan chiqqani bor gap. Ular vaziyatni kuzatishyapti, Jalol 7-raqamni 77 ga almashtirganidan xabardor. Faqat bir narsa noto‘g‘ri talqin qilingan. Masharipovning o‘zi Ronaldu darajasidagi futbolchiga raqamini taqdim qilishni xohladi.

Klubdagilar shu kunlarda Ronalduning mashg‘ulotlarga qo‘shilishini kutmoqda. Hamyurtimiz ham u bilan tanishish niyatida. Demak, vaziyat qo‘yidagicha: o‘zbek futbolchisiga takliflar bor, ular ko‘rib chiqilmoqda, lekin klub va uning o‘zi ketish masalasida gaplashishmagan. Qolish varianti haqiqatga yaqinroq va shunday bo‘lgani yaxshi, menimcha", - deb yozgan Fayziyev o‘z telegram-kanalida.

Manba: Telegram.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 21:45, 02.01.2023.
O'qildi: 4504 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик