Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Krishtianu Ronaldu: «Chempionatning juda ko‘p o‘yinlarini ko‘rdim. Men raqobatbardosh ligaga tashrif buyurdim»

Krishtianu Ronaldu: «Chempionatning juda ko‘p o‘yinlarini ko‘rdim. Men raqobatbardosh ligaga tashrif buyurdim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

«An-Nassr» futbolchisi Krishtianu Ronaldu ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolashi haqida

Hozircha hammasi yaxshi. Futboldagi va hayotimdagi muhim qarorni qabul qilganimdan xursandman.

Yevropadagi ishim o‘z yakuniga yetdi. Yevropaning katta klublarida o‘ynadim va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Endi oldimda Osiyodagi yangi chaqiriq turibdi.

«An-Nassr» menga shunday imkoniyatni taqdim etganidan xursandman. Bu nafaqat futbol rivoji uchun, balki yangi avlod, shuningdek, ayollar jamoasi va yoshlar jamoasi uchun ham. Men uchun bu yangi chaqiriq, hozir juda baxtliman va qarorimdan faxrlanaman.

Saudiya Arabistonida nimalarga erishmoqchiligi haqida

Menga Yevropadan, Braziliya, Avstraliya va AQSH klublaridan takliflar bor edi. Hatto Portugaliyaning bir nechta jamoasi men bilan shartnoma imzolashni xohlagandi. Biroq men «An-Nassr»ga va’da bergandim. Bu yerda nafaqat futbolni, balki mamlakatdagi boshqa narsalarni ham o‘zgartiramiz.

Bu men uchun jiddiy chaqiriq. Nima xohlayotganimni bilaman va ayni damda bilmayman. Juda ko‘p jabhalarda rivojlanish uchun o‘z tajribamni ulashishga yaxshi imkoniyat. Ko‘pchilik bilmasa kerak, lekin «An-Nassr»ning ayollar jamoasi ham bor. Men ular bilan ham o‘z tajribamni bo‘lishmoqchiman.

Saudiya Arabistonining Jahon Chempionatida ishtiroki haqida

Ko‘pchilik o‘z fikrini bildiradi, lekin ularning barchasi ham futbolni tushunmaydi. Futbol so‘nggi 10—15 yilda o‘zgardi. Barcha jamoalar yaxshi tayyorlanmoqda. Agar Jahon Chempionati haqida gapiradigan bo‘lsak, chempionni faqatgina Saudiya Arabistoni yenga oldi. Buni unutmaslik lozim.

Qatarda syurprizlar ko‘p bo‘ldi: masalan, Janubiy Koreya terma jamoasi, Afrika jamoalari, Kosta-Rika. Ular qoyilmaqom ish bajardi. Bugun istalgan o‘yinni yutish qiyin.

«An-Nassr» faoliyatining oxiri emasligi haqida

Men uchun bu yerga kelish — faoliyatimning oxiri emas. Bu yerda o‘zgarishlar qilishni xohlayman, to‘g‘risini aytsam, odamlarning gaplari unchalik o‘ylantirmaydi. Qaror qabul qildim va unga javob beraman.

Saudiya Arabistoni chempionati raqobatbardosh. Odamlar bu haqida ham ko‘p narsa bilmaydi. Chempionatning juda ko‘p o‘yinlarini tomosha qildim. O‘yinlar boshlanishini intiqlik bilan kutmoqdaman. Agar murabbiy xohlasa keyingi turdagi o‘yinda ham maydonga tushishga tayyorman. Odamlar bilan muloqotdan va futboldan rohatlanishda davom etmoqchiman.

Ma’lumot o‘rnida. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasi bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:40, 04.01.2023.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик