Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eriksen APLda 72-golli uzatmasini amalga oshirdi, bu borada u faqat bir kishidan ortda qolmoqda

Eriksen APLda 72-golli uzatmasini amalga oshirdi, bu borada u faqat bir kishidan ortda qolmoqda

Baho:
+ | -

Bugun, 4 yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Bornmut” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida kuch sinashishdi. Uchrashuvning yakuniy hisobi 3:0 mezbonlar foydasiga.

23-daqiqada Kazemiro hisobni ochdi. Unga Kristian Eriksen assistentlik qildi.

Shu tariqa, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kristian Eriksen APLdagi 72-golli uzatmasini amalga oshirdi.

Daniyalikning 2013 yil sentyabrida Premer-ligadagi debyutidan beri faqat Kevin De Bryuyne APLda ko‘proq golli uzatmani amalga oshirgan (94).

"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Erik ten Xag shogirdlari 17 uchrashuvdan so‘ng 35 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 09:09, 04.01.2023.
O'qildi: 1343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.