Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zim har yoqdaman, ko‘nglim vatanda yoki Marokash - Qatar mundialining nodir bezagi!

O‘zim har yoqdaman, ko‘nglim vatanda yoki Marokash - Qatar mundialining nodir bezagi!

Baho:
+ | -

U nafaqat Afrika futbolining eng muvaffaqiyatli (1/2 finalga chiqqan) jamoasi, balki global migrasiya davrining eng yorqin namunasidir: turli o‘lkalarda dunyoga kelgan futbolchilar yagona vatan sharafi uchun bor kuch-mahoratlarini fido etdilar.

Qatarga yo‘l olgan 26 nafar marokashlik futbolchilarning 14 nafari xorijiy mamlakatlarda ulg‘ayishgan. Mana shu jihatni inobatga olganda, o‘yinchilarga Yevropadagi bolalar akademiyalarida tahsil olganliklari o‘z samarasini bergandek tuyuladi. Biroq faqat shu emas, aslida, yanada qiziqarliroq dalillar ham bor. Keling, ularni ko‘rib chiqaylik.

*** Avvalo - Yevropa top-ligalarining muhimligi. Chorak finalga chiqqan jamoalar orasida faqat Angliya va Fransiya terma jamoalarining tarkibi 100 foiz top-chempionatlar vakillaridan tuzilgan. Argentinada 26 futbolchining 23 nafari, Braziliyada 22, Portugaliyada 19, Xorvatiyada 15, Marokashda 14 va Niderlandiyada 11 nafari top-ligalarda to‘p suradilar. Xulosa oddiy: tarkibining hech bo‘lmaganda 50 foizi top-ligalar vakili bo‘lmagan jamoa «pley-off»ni orzu qilmasa ham bo‘laveradi;

*** Marokashning o‘ziga xos ustunligi bor. 5 mln.dan ko‘proq marokashlik Yevropada (Fransiyada 33 foiz, Ispaniyada 26, Italiyada 16) yashaydi. Belgiya aholisining 4 foizi Marokash fuqaroligiga ega. Tabiiyki, keng ko‘lamdagi migrasiya tufayli, futbol sirlarini puxta o‘zlashtirish imkoniyati bo‘lgan Yevropada ko‘plab marokashlik bolakaylar dunyoga kelishadi, turli mamlakatlardagi skautlar esa ularni kuzatib boradilar;

*** «Evropada tug‘ilgan yigitlar bilan ayrim muammolarga ham duch keldik. Jurnalistlar menga shunday savol berishdi: «Nima uchun faqat Marokashda tug‘ilgan futbolchilar bilan o‘ynamayapsiz?» Biz shunchaki, barcha marokashliklarni jamoaga jalb etdik. Bu har qancha mablag‘u, sovrinlardan afzal», - deydi Parijda ulg‘aygan Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Volid Regragi.

*** Marokashning o‘zida ham qudratli futbol markazlari bor. Qisqa muddatga o‘tmishga qaytamiz. 15 yil avval Afrikaning eng badavlat hukmdori bo‘lmish Marokash qiroli Muhammad VI mamlakat sportini jiddiy tanqid ostiga olgandi. Shundan keyin qirol va uning sheriklariga tegishli Marokashning eng yirik banki, telekommunikasiya giganti hamda boshqa sarmoyadorlar ishga kirishdilar. Shu tariqa futboldagi islohotlar dasturiga asosan, 2009 yilda 17 mln. dollar evaziga dastlabki zamonaviy futbol akademiyasi qad rostladi. Telekommunikasiya giganti va boshqa yirik kompaniyalar ko‘magida akademiya uchun Marokash tashqi savdo banki tashkil etildi. Akademiya uchun sarflangan mablag‘larni u yerda tarbiyalangan o‘yinchilarni sotish hisobiga qoplash rejalashtirilgandi. O‘quv dargohining faoliyatini esa qirol va uning sheriklari ta’minlaydigan bo‘ldilar.

*** Akademiya ochildi, ammo sezilarli o‘zgarishlar 2014 yilda boshlandi. Aynan shu yili Marokash FF rahbarligi mamlakat moliya vazirligida byudjet boshqarmasining rahbari bo‘lgan Fayzi Lekjaga topshirildi. 2011 yilda bu mansabni egallagan 40 yoshli mutaxassis hozir ham mamlakatdagi yirik loyihalarni sarmoyalash bilan shug‘ullanadi.

*** Qisqacha ma’lumot: 2009 yilda Lekja o‘zining qadrdon klubi «RS Berkan»ni tasarrufini o‘ziga olib, 3-diviziondan oliy ligaga olib chiqdi, endi Marokash chempionatida medallarni qo‘lga kiritmoqda, 2 marta (2020 va 2022 yillarda) AFKda Konfederasiya Kubogi sohibiga aylandi. Xullas, futbol unga begona emas;

*** «Lekjaning tashrifi Marokash futbolidagi harbiylar korpusi hukmronligiga chek qo‘ydi. Federasiya 15 yil general Bensliman tasarrufida bo‘lgandi. Uning hamma ishlarini yomon deya olmayman, ammo ayrim qarorlari zamon talablariga javob bera olmasdi», - deydi Marokash siyosiy tizimining tadqiqotchisi Yosin al Yattiui;

*** Lekjaning yangicha yondashuvi o‘ta oddiy: «Har qanday futbol tizimining taraqqiyoti 3ta shartga asoslangan - maydonlar va maktablar, iqtidorni tenglashtirish va rivojlantirish, malakali murabbiylar»;

*** 2019 yilda Muhammad VI akademiyasi qaytadan tiklandi. Endi uning bahosi 65 mln. dollar. 30 gektarli maydonni egallagan inshoot akademiya emas, milliy futbol markazining o‘zginasi. U yerda barcha toifalardagi terma jamoalar, shuningdek, 12-18 yoshli o‘smirlarga yashash va shug‘ullanish uchun sharoit yaratilgan. 4ta chimli, 3ta sun’iy qoplamali va bitta yopiq maydon, suv havzasi, 2ta tennis korti, plyaj futboli maydonchasi, turli test-sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan tibbiy blok va malakali shifokorlar ularning xizmatiga shay;

*** Akademiyani OAV Marokash Klerfonteni, deb atamoqdalar. Har holda, o‘xshashliklar yo‘q emas: u yerga marokashlik iqtidorli o‘smirlar tanlab olinadi, dushanbadan jumagacha ular 65 «limon»li bazada yashab, bilim oladilar va mashq qiladilar. Dam olish kunlarida o‘z klublarida o‘ynash va qarindoshlari bilan uchrashish uchun yo‘l oladilar. Federasiya shu asnoda 18 yoshgacha bo‘lgan iqtidorlarni nazorat qiladi va terma jamoadagi qonun,qoidalar bilan tanishtirib boradi. Yaqin kelajakda mamlakatning 12ta viloyatida to‘liq ishga tushiriladi. Ularning vazifasi - umumta’lim maktablaridan iqtidorli bolalarni futbol piramidasiga jalb etish, klublar akademiyasidagi tarbiyalanuvchilar taraqqiyotini nazorat qilish, zarurat bo‘lsa, Rabotga jo‘natishdan iborat.

«Hammasi ommaviy havaskorlar orasidan iqtidorli bolalarni topish, hududiy va milliy markazda tarbiyalash bilan boshlanadi. Hozir 12ta viloyatdagi taraqqiyotni maxsus guruhimiz a’zolari kuzatib boradilar. Aynan shu sababli klublarni o‘z maktablarini rivojlantirishga majbur etyapmiz. Maqsadimiz , mamlakatning barcha viloyatlarida futbolni rivojlantirish», - degandi Lekja.

Marokashda 20ta chimli va 200dan ortiq sun’iy qoplamali stadionlar mavjud. 15 yil avval federasiyada futbol maktablarining ish tizimi, mashg‘ulot maydonchalari haqidagi ma’lumotlar yo‘q edi. Endi nafaqat muayyan tizim asosidagi faoliyat, balki rivojlanish ham yaqqol bo‘y ko‘rsatmoqda: Marokash oliy ligasidagi o‘smirlar guruhi murabbiylari Roberto Martines, Yurgen Kloppning yordamchisi Pepeyn Linders, Mikel Arteta, Patrik Viyeyra, va Tyerri Anri kabi afsonalar leksiyalaridan saboq oldilar. Chakki emas-a?

*** Natija - Muhammad VI akademiyasi Qatar mundialiga 3 nafar asosiy tarkib o‘yinchisini tayyorlab berdi: hujumchi Yusuf al Nosiri, himoyachi Naif Ager va yarim himoyachi Azzidin Unai;

*** Qirolning topshirig‘iga binoan, akademiya har yili fosfat giganti OSR va «Al-Mag‘rib» bankidan 20 mln. dollar sarmoya oladi;

*** Marokash FFning yillik umumiy byudjeti 80 mln.dan ko‘proq. Buning 25 mln.i professional futbolga sarflanadi.

*** Marokash futbolining yanada rivojlanishi uchun mutasaddilar Afrika davlatlari bilan 40dan ortiq hamkorlik shartnomalarini imzoladilar: qayerdadir malaka oshirish, boshqasida Muhammad VI akademiyasining ijarasi yoki stadionlar va mashg‘ulot bazalari qurilishi uchun sarmoyalar kiritish xususida. «Marokash Afrika futbolining avangardi, qit’aning muhim o‘yinchisi bo‘lishga intilmoqda. Bu intilish o‘z qiymatiga ega, sarmoya talab etadi. Biz nima qilayotganimizni yaxshi bilamiz», - degandi yuksak lavozimdagi amaldorlardan biri.

Xullas, Marokash JCHga mezbonlik huquqi uchun kurashga bel bog‘lagani endi hech kimni ajablantirmaydi, to‘g‘rimi?

Ravshan IBROHIM tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:57, 04.01.2023.
O'qildi: 3688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.