Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

Rasman. Germaniyalik futbolchi APL klubi bilan shartnoma imzoladi

Rasman. Germaniyalik futbolchi APL klubi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

"Brentford" "Frayburg" hujumchisi Kevin Shade bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 21 yoshli germaniyalik ingliz klubiga joriy mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tdi.

Yozda "Brentford" futbolchini sotib oladi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Insayder Fabrisio Romanoning fikricha, 2022/23 yilgi mavsum yakunida transfer summasi 24 million yevroni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda forvard “Frayburg” safida barcha turnirlar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:33, 04.01.2023.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик