Kirish Ro'yxatdan o'tish

Azar Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Azar Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Belgiyalik futbolchi Eden Azar qishki transfer oynasida klubini almashtirmoqchi.

Fichajes nashri xabariga ko‘ra, "Fenerbaxche" belgiyalik futbolchi uchun taklif bilan chiqqan. Turk giganti Azarni ijaraga olishga va maoshining katta qismini o‘z zimmasiga olishga tayyor.

"Real" Eden Azarning ketishiga qarshi emas, ammo yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qiladi.

Eden Azar "Real"ga 2019 yilning yozida kelgan edi. Belgiyalik futbolchi Madrid klubiga "Chelsi"dan ko‘chib o‘tdi, ammo u Ispaniyada o‘ynay olmadi. Azar jarohatlar tufayli qiynala boshladi va u maydonga tushganida yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatmadi.

 

Kiritildi: 18:14, 05.01.2023.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик