Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Laos, shuncha «sariq»/«qizil» qayerdan?

Laos, shuncha «sariq»/«qizil» qayerdan?

Baho:
+ | -

Ispaniyalik FIFA referisi Antonio Mateu Laos bugun tan­qidlar ostida, u yana turli memlar uchun zo‘r «ob’ekt» ham...

Gap shundaki, taniqli hakam o‘zi ishlagan oxirgi 2ta o‘yinda futbolchilarga kartochka ko‘rsatish bobida himmati cheksiz ekanligini amalda isbotladi - 32ta «sariq», kamiga 3ta «qizil»... Mateu Laos avvaliga Qatar-2022 mundiali chorak finalidan o‘rin olgan Niderlandiya - Argentina bahsini sariq rangga «bo‘yadi» - 16ta ogohlantirish. Qarangki, u Ispaniya La Ligasi 15-turi doirasidagi «Barselona» - «Espanyol» uchrashuvida yana shu natijasini takrorladi - 16ta sariq kartochka. Bitta farqi shuki, JCH o‘yinida 1ta «qizil» ko‘rsatgan hakam bunisida ikki futbolchini maydondan chetlashtirdi.

E’tiborlisi, Mateu Laos «Kataloniya derbisi»da mezbon «Barselona» vakillariga 8ta sariq kartochka ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan atigi 1tasini qo‘pollik uchun berildi. Ya’ni 25-daqiqada qoidaga zid harakatlangan Ansu Fati o‘yindagi «sariq shou»ni boshlab berdi. Xavi shogirdlari qolgan vaziyatlarda hakam bilan bahslashishgani uchun olishdi - Jordi Alba (ikki marta), Ferran Torres, Pedri, Tenas Urena, Rafinya va Xavi... To‘g‘ri, birgina Gavi bundan mustasno - u raqib bilan to‘qnashuvdan keyin ogohlantirildi. «Espanyol» vakillari ham «Kamp Nou»dan «bir qop» sariq kartochka bilan qaytishdi.

Diqqatni tortadigan yana bir tomoni - Laos jami 18ta kartochkadan 11tasini o‘yinning 74-daqiqasidan keyin ko‘rsatdi. Ko‘rinishidan, Xavi haq - hakam chindan ham, oxirida o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqarib yubordi mutlaqo. Shunga muvofiq, o‘yindan keyin futbol va jamoalar ikkinchi darajaga tushib qoldi va Mateu Laosning mojaroli hakamligi bosh mavzuga aylandi. Umuman, «himmatli» referining ishi futbolchilar va muxlislarda ilk marta e’tiroz tug‘dirayotgani yo‘q. Deylik, JCH chorak finalidagi o‘sha o‘yindan so‘ng ham har ikki jamoa vakillari Laos ishiga e’tiroz bildirishgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:30, 07.01.2023.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.