"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri vinger Anxel di Mariyaning holati haqida gapirdi.
34 yoshli argentinalik futbolchi A Seriyaning “Udineze”ga qarshi o‘yinda almashtirildi.
"Xavotirlanadigan hech narsa yo‘q - Anxel noqulaylikni his qildi, bu normal holat, chunki u 15 kun maydonda bo‘lmaganidan keyin 65 daqiqa o‘ynadi.
Bugun di Mariya eng yuqori saviyadagi futbol ko‘rsatdi. Ajoyib o‘yinchi ", - deydi "Yuventus" bosh murabbiyi.













