Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Barsa» - ma’rifat gulshani

«Barsa» - ma’rifat gulshani

Baho:
+1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya La Ligasi-2022|2023 peshqadami - «Barselona»ni ilm-ma’rifatparvar klub sifatida ham ta’riflash mumkin.

 Binobarin, Kataloniya jamoasi tarkibidagi futbolchilardan 6 nafari qaysidir universitetda tahsil olgan, ularning ayrimlari qo‘lida oliy ta’limni tasdiqlovchi diplom ham bor. Yana ikki futbolchi esa allaqachon murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritishga ulgurgan.

Sport matbuotida oliy ma’lumotli futbolchilar haqida yozuvlar ko‘p emas. Zero, nafaqat zamonaviy professional futbol, balki butun sportda ham o‘zini ma’rifat o‘chog‘iga urgan yigitlar kam uchraydi. Lekin bugungi «Barselona» ushbu tendensiyaga mutlaqo qarshi. Har holda, «Barsa»dek ma’rifatparvar top-klub boshqa torpilmasa kerak. Diqqat qiling, ayni payt Kataloniya faxri sharafini himoya qilayotgan 6 nafar futbolchi oliy ma’lumotga ega, qolaversa, yana ikkisi allaqachon murabbiylik bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi tegishli lisenziya olgan. Gap hujumchi Ferran Torres va himoya­chi Erik Garsiya haqida ketmoqda. Yana bir tomoni, 22 yoshli Ferran 1ta emas, 2ta murabbiylik kursida tahsil olishga ulgurdi. 21 yoshli Erik ham oliy sport ma’lumotiga ega.

Shuningdek, Mark-Andre ter Shtegen, Robert Levandovski, Ektor Belyerin, Inyaki Penya, Serxi Roberto va Markos Alonso turli universitetlarda tahsil olishgan. Deylik, germaniyalik kiper - ter Shtegen biznes boshqaruvi yo‘nalishida bir qator kurslarda qatnashgan, polshalik goleador - Levandovski esa sport menejmenti bo‘yicha magistr darajasiga ega. Ektor Belyerin ham magistr, faqat sport emas, moliya yo‘nalishida. Penyaga kelsak, u  Blankern universiteti marketing fakultetida tahsil ola boshlagan, ammo o‘qishni hali tugatmagan. Roberto va Alonso tegishlicha biznes boshqaruvi hamda menejment bo‘yicha ilm olishgan, to‘g‘ri, ikkinchisi Angliyaga yo‘l olishidan oldin o‘qishni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Markos endi tahsilni davom ettirish uchun qulay fursat kelishini kutmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:45, 08.01.2023.
O'qildi: 2184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.