Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

"Barselona" moliyaviy muammolar sabab bu transferdan voz kechdi

"Barselona" moliyaviy muammolar sabab bu transferdan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Barselona" moliyaviy muammolar tufayli marokashlik yarim himoyachi Azzedin Unai bilan shartnoma imzolamaydi.

Telefoot xabariga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachiga "Marsel" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Marsel" direktori Pablo Longoriya futbolchining atrofidagilar bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi, biroq hali "Anje" bilan muloqotga o‘tgani yo‘q.

Unai bilan "Barselona" va shaxsan Xavi ham qiziqmoqda, ammo ayni damda Kataloniya klubida shartnomani yakunlash uchun mablag‘ yo‘q.

Oldinroq Azzedin 20 million yevro evaziga "Napoli"ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu mavsumda markaziy yarim himoyachi Liga 1da "Anje" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi, shuningdek, JCH-2022da Marokash uchun 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 17:52, 08.01.2023.
O'qildi: 3083 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик