Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Xurshid Xo‘jayev: “YAngi mavsumda “Navbahor”ning ambisiyalari yuqori”

Xurshid Xo‘jayev: “YAngi mavsumda “Navbahor”ning ambisiyalari yuqori”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, tajribali darvozabon Xurshid Xo‘jayev Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini oldidan “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

— Xurshid, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz? Jamoamiz safiga qo‘shilishingiz qay tarzda yuz berdi?
— Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan va darvozabonlar murabbiyi Anton Mayeranov taklif qilishdi. “Navbahor”da oldin ham o‘ynaganim, jamoa menga begona bo‘lmaganligi bois, ushbu taklifni ikkilanmay qabul qildim. Bundan tashqari, yangi mavsumda “Navbahor”ning ambisiyalari yuqori. Jamoa o‘tgan yili chempionlik, shuningdek, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish uchun kurashdi va Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bo‘lajak mavsumda ham “Navbahor”ning o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yganligi jamoaga o‘tishimga sabab bo‘ldi.

— “Navbahor”da O‘tkir Yusupov asosiy darvozabon hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekiston terma jamoasi posboni ham sanaladi. Yusupov bilan raqobatlashishdan cho‘chimaysizmi?

— Albatta, O‘tkir Yusupovning tajribali darvozabon ekanligiga shubham yo‘q. U yurtimizning eng kuchli posbonlaridan biri ekanligini o‘tgan mavsumda milliy terma jamoamiz va “Navbahor”dagi o‘yinlari orqali isbotladi.

Albatta, har bir futbolchi maydonga tushishni xohlaydi. Lekin men uchun asosiysi, jamoa g‘alabasi. Vaqti kelib, holat shuni talab qilsa, zarurat tug‘ilsa, jamoaga yordam berishga tayyorman.

Raqobat borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, Allohga tavakkal qilish kerak. Oldin faoliyat yuritgan klublarimda ham mendan kuchli darvozabonlar bo‘lgan. Biroq futbolda har xil holatlar yuz berib turadi. O‘tkir ayni paytda O‘zbekistonning eng kuchli golkiperi hisoblanadi.

— Jamoamiz muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?
— “Navbahor”da 2014— 2015 yillar faoliyat yuritganligim bois, jamoa muxlislarini juda yaxshi bilaman.

Bo‘lajak mavsumda “Navbahor” ishqibozlarini xursand qilish, ularga yorqin g‘alabalar tortiq etish niyatidamiz.

Bizning ma’lumot
Xurshid Xo‘jayev – 1988 yil, 14 fevralda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 10 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiylari: Narimon Asanov va Rifat Hasanov.
Ampluasi: darvozabon.
Qo‘qondagi futbol maktab— internatini tamomlagan.
Futbolchilik faoliyati: “Neftchi” (Farg‘ona, 2012— 2013 yillar), “Navbahor” (Namangan, 2014— 2015 yillar), “Andijon” (Andijon, 2016, 2022 yillar), AGMK (Olmaliq, 2017— 2018 yillar), “Buxoro” (Buxoro, 2019 yil), “Istiqlol” (Farg‘ona, 2020 yil), “Qo‘qon— 1912” (Qo‘qon, 2021 yil).
2023 yildan “Navbahor”da.
Oilali. Uch farzandning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:31, 09.01.2023.
O'qildi: 1466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.