Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"MYU"ning transfer siyosatidagi xatolari

"MYU"ning transfer siyosatidagi xatolari

Baho:
+ | -

 "Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan beri transfer bozorida qiynalmoqda, klub futbolchilarga sarf-xarajatlar bo‘yicha Premyer-ligada yetakchilardan biri. Lekin ulardan deyarli foyda bo‘lmayapti.

Hatto jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag ham yaqinda ingliz grandini tanqid qildi qildi:

"So‘nggi bir necha yil ichida klub tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p sifatsiz futbolchilarni sotib oldi. Olingan futbolchilarning aksariyati o‘rta darajadagi ijrochilar edi. "Manchester Yunayted" uchun o‘rtacha bo‘lish yetarli emas. Yunayted futbolkasini kiyish juda qiyin. Bu yerda faqat katta bosimga dosh bera oladigan haqiqiy shaxslar o‘ynashi mumkin."

Tanqid mutlaqo adolatli – ammo "Yunayted" niderlandiyalik murabbiyning taklifiga ko‘ra pulni isrof qilishda davom etmoqda. Harajatlari o‘z darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan yoki o‘zini oqlamagan futbolchilar haqida gapiramiz.

Jeydon Sancho, 85 million yevro

"Borussiya Dortmund" tarkibida ingliz vingeri 2021 yilning yozigacha asosiy transfer loti maqomini qo‘lga kiritdi. Jeydon tezda Bundesligaga yo‘l oldi va ajoyib mavsumlar o‘tkazdi.

“Manchester Yunayted” bu 85 million yevro to‘lash uchun yetarli deb hisobladi – endi ingliz iqtidori “qizil iblislar” sharafini himoya qilmoqda. Sancho o‘z ona chempionatida maydonda yetarlicha vaqtga ham ega bo‘ldi. Ammo hozir u o‘zining soyasiga o‘xshaydi (hatto murabbiy ham sezgan). Vinger JCH-2022 boshlanganidan beri jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. 

Aaron Van-Bissaka, 55 million yevro

Garchi yosh lateral jamoada dastlabki mavsumlarni o‘ynagan bo‘lsada, u asosiy tarkibdan joy oldi, kamdan-kam jarohat oldi. So‘nggi 2 yil ichida regressiya unga ta’ir o‘tkazmoqda. Avvalgi chempionatda angliyalik "qizil iblislar"ning yarmidan sal kamroq o‘yinini o‘tkazib yuborgan va ten Xag kelishi bilan u deyarli 4 oy davomida jarohat tufayli safdan chiqqan.

Dekabr oyining oxirida Aaron jarohatdan qaytdi va Erik uni boshida ikki marta maydonga tushirdi. Ammo hozir Diogu Dalot asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi va shuning uchun 25 yoshli ingliz asossiz qimmat futbolchilar qatoriga kiradi.

Antoni, 100 million yevro

Xo‘sh, braziliyalik bunday pulga arzimaydi! O‘ng qanot futbolchisi sarf harajatlarni qoplash uchun "Yunayted"da qancha mavsum o‘tkazishi kerakligini tasavvur qilish qiyin.

Antoni "Ayaks"da iqtidorliroq ko‘ringandi, chunki Amsterdam jamoasi uning uchun ideal strategiyani tanlagan edi. Faol qanotlar va Antoniga berilgan erkinlik bunga misol. 

Antonining ingliz klubidagi statistikasi yomon emas - Premer-liganing 8 o‘yinida 3 ta gol urdi, u tez-tez maydonga tushadi. Biroq, 2022 yilda eng qimmat xarid haqida gap ketganda barbir uning qimmatga olinganini aytishadi. 

Xarri Maguayr, 87 million yevro

Markaziy himoyachining transfer miqdori bo‘yicha Garri hattoki van Deykni ham ortda qoldirdi. Ammo uning individual xatolari shuni ko‘rsatadiki, "Yunayted" boshliqlari  futbolchi transferi uchun kamroq taklif qilishlari kerak edi.

Rafael Varan va Lisandro Martines kelishi bilan Maguayr zaxira o‘rindig‘iga o‘tirdi. Ayni paytda tarixdagi eng qimmat markaziy himoyachi Premyer-liganing atigi 7 ta o‘yinida maydonga tushdi va ulardan atigi 3 tasida - asosiy tarkibda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:03, 09.01.2023.
O'qildi: 2229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.