Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekistonlik hakamlar uchun 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlik boshlandi

O‘zbekistonlik hakamlar uchun 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlik boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol hakamlari markazida 2023 yilgi mavsum uchun nazoratchilar va hakamlar uchun qishki o‘quv-yig‘inlar boshlandi. Unga ko‘ra, quyida keltirilgan sanalarda nazoratchilar, hakamlar va yordamchi hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkaziladi:

9–10-yanvar kunlari — nazoratchilar;

16–21-yanvar hamda 30-yanvar – 4-fevral kunlari — Ayollar futboli, Birinchi liga va hakamlik sohasida o‘zini sinamoqchi bo‘lgan nomzodlar;

6–11-fevral kunlari — Superliga hakamlari va yordamchi hakamlari;

13–18-fevral kunlari — Pro liga hakamlari va yordamchi hakamlari.

Bundan tashqari, 13–18-fevral kunlari VAR lisenziyasi uchun seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda hakamlar uchun avvalgi seminarning mantiqiy davom sifatida VAR-simulyatorida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda hakamlar avvaldan tayyorlangan videroliklarda mashg‘ulot olib borishadi.

Bugun nazoratchilar uchun o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari boshlandi. Yig‘in doirasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mashg‘ulotlarda zamonaviy hakamlik tajribasi, ayniqsa yaqinda Qatarda o‘tkazilgan mundialdagi hakamlik ishlaridagi yangiliklarga urg‘u berilishiga e’tibor qaratdi. Bunga qo‘shimcha ravishda, mashg‘ulotlar davomida uchrashuv qaydnomasini to‘ldirish, o‘yin qoidalaridagi o‘zgarishlar va videoroliklar orqali o‘yinda yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan zaruriy tavsiyalar berib borilmoqda. Mashg‘ulotlar ertaga davom ettiriladi.

Kiritildi: 20:40, 09.01.2023.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик