Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sarabiyani noo‘rin tanqid qilishmoqda

Sarabiyani noo‘rin tanqid qilishmoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Kristof Galtyening fikricha, yarim himoyachi Pablo Sarabiya katta tanqidlarga loyiq emas. Eslatib o‘tamiz, muxlislar Fransiya kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan «Shatoru»ga qarshi o‘yinda ispaniyalikning o‘yinidan norozi bo‘lishgan.

«Pablo ko‘p o‘ynamaydi, lekin menimcha, bunday tanqidlarga loyiq emas. Odamlar aniq bo‘rttirib yuborishadi. Sarabiyaning o‘zi esa «Shatoru»ga qarshi o‘yinidan norozi emas», — dedi Galtye matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Sarabiya o‘tgan mavsumda Lissabonning «Sporting» klubida ijara asosida o‘ynagan edi. Ushbu mavsumda «PSJ» futbolchiga jamoada o‘zini ko‘rsatish uchun yana bir imkoniyat berishga qaror qildi.

Kiritildi: 18:28, 10.01.2023.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.