Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya chempionatida yana bir bosh murabbiy iste’fosi ro‘y berdi

Fransiya chempionatida yana bir bosh murabbiy iste’fosi ro‘y berdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning "Strasburg" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali Jyulyen Stefanni jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.

Fransiya chempionati qayta tiklanganidan keyin "Strasburg" unda ikkita o‘yin o‘tkazdi. Jamoa avvaliga "PSJ"ga (1:2), keyin esa "Trua" jamoasiga (2:3) yutqazdi. Shundan so‘ng strasburgliklar golsiz durangdan so‘ng penaltilar seriyasida "Anje"ga imkoniyatni boy berib, mamlakat kubogidan chiqib ketishdi.

Ayni damda "Strasburg" Liga 1 turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Jyulyen Stefan 2021 yilning yozidan buyon "Strasburg"ni boshqarib kelayotgan edi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida o‘tkazilgan 58 uchrashuvda jamoa 19 g‘alaba, 20 durang va 19 mag‘lubiyat qayd etgan.

Kiritildi: 19:07, 10.01.2023.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик