Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Sho‘rtan»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Sho‘rtan»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Bugun «Sho‘rtan» futbol rahbariyati 2023 yilgi futbol mavsumida jamoani boshqarib boradigan murabbiylarni futbolchilar va klub xodimlariga tanishtirdi.

«Bo‘rilar»ni 2023 yilgi futbol mavsumida 2011 yil Meksikada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yetarli darajada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Aleksey Yevstafeev boshqarib boradigan bo‘ldi. Unga o‘z vaqtida mohir hujumchi bo‘lgan, o‘tgan mavsumda Yaypanning «To‘ron» jamoasida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan Anvar Berdiyev yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Sherzod Kattayev ishlaydi.

Bugunning o‘zida klub bosh menejeri Shamil Yarulin jamoaning yangi murabbiylar shtabini klub xodimlariga va futbolchilarga tanishtirdi hamda jamoa oldiga 2023 yildagi maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Jamoa yangi murabbiylar shtabi bilan bugunning o‘zidayoq mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.

Aleksey Yestafeevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2001 yil Qibray futbol maktabi, 2002-2009 yillarda «Paxtakor» futbol maktabi, 2009-2011 yillarda O‘zbekiston U15-U17 terma jamoalarida, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston U18-U20 jamoalarida assistent murabbiy lavozimida, 2013-2014 U18-U19 O‘zbekiston terma jamoalarida bosh murabbiy, 2014-2016 yillarda Farg‘onaning «Neftchi» jamoasida bosh murabbiy, 2017 yilda “Kuban” FK futbol maktabida, 2018-2020 yillarda “Baltika” akademiyasida, 2021-2022 “Otkritiye” futbol maktabida murabbiy lavozimida ishlagan.

Anvar Berdiyevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2019 yil Farg‘onaning «Istiqlol» jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2020 yil Buxoroning «Buxoro» jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2021 yil Yaypanning «Turon» jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2022 yil «Turon» jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Sherzod Kattayevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2012-2018 yillarda «Nasaf» futbol maktabida, 2018-2019 yillarda  Qashqadaryo viloyat futbol maktabida, 2020 yilda «Sho‘rtan» futbol klubida, 2021-2022 yillarda Qirg‘izistonning “Alay” jamoasida darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

«Sho‘rtan» futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 21:30, 10.01.2023.
O'qildi: 2432 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.