JCH-2022da Argentinaga qarshi o‘yindagi dubl evaziga ko‘zga tashlangan niderlandiyalik hujumchi Vout Vegxorst “Manchester Yunayted”da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Mankunianliklar top-klubi hujumchini joriy mavsum oxirigacha "Byornli"dan ijaraga oldi. Shartnoma futbolchini sotib olish bandini o‘z ichiga olmaydi.
Vegxorst 2022/2023-yilgi mavsumning birinchi yarmini “Beshiktosh” safida ijarada o‘tkazdi. Niderlandiyalik hujumchi 16 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.