Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Qo‘qondagi “markaziy” stadionida katta hajmdagi ishlar amalga oshiriladi

Qo‘qondagi “markaziy” stadionida katta hajmdagi ishlar amalga oshiriladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlikni maqsad qilgan “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati Qo‘qondagi “markaziy” stadionini yangi mavsumga ideal tarzda tayyorlash uchun astoydil bel bog‘lagan.

Avval xabar berganimizdek birinchi navbatda stadion yoritgichlarini yangilash uchun xorijiy kompaniyaga 100 foiz to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lib, endi ularni Qo‘qonga yetib kelishi hamda “markaziy” stadion machtalariga o‘rnatish ishlari qolgan. Kecha Chexiya davlatidan yoritgichlarning navbatdagi qismlari Qo‘qonga yetib keldi. Bu safar yoritgichlarning lampa, drossel hamda boshqa ehtiyot qismlari kelgan.

Stadion chimini futbol o‘ynash uchun ideal holatga keltirish jamoa rahbariyatining navbatdagi rejasi bo‘lib, bu borada ham amaliy ishlar boshlanib ketdi. “Markaziy” stadioniga O‘zPFL bilan hamkorlikda yurtimizdagi ko‘plab stadionlarni, jumladan Qarshidagi “markaziy”, Buxorodagi “Buxoro”, Toshkentdagi “Bunyodkor”, Farg‘onadagi “Istiqlol” kabi stadionlarning maydonlarini ajoyib ko‘rinishga kelishiga sababchi bo‘lgan mutaxassis Uchqunbek Quvonov boshchiligidagi maydon ustalarining vakili bo‘lgan mutaxassis Begzodjon Hamdamov Qo‘qonga kelgan edi. Mutaxassis “markaziy” stadion chimini ko‘zdan kechirib, amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlarni belgilab berdi. Maydon chimining holatini ko‘zdan kechirgan mutaxassis chimning holatiga yaxshi baho berdi. Bundan bu yog‘iga maydon chimini reja asosida parvarishlash va mineral o‘g‘itlar bilan agrotexnika ishlarini amalga oshirish lozimligi belgilab olindi. Maydon chimini parvarishlash uchun zarur bo‘lgan texnikalarni xarid qilish, chimga biokimyoviy o‘g‘itlar bilan ishlov berish masalalari ham muhokama qilinib, mutaxassislar tomonida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ayni kunlarda “markaziy” stadion chimini yaxshilash borasida ishlar boshlanib ketgan.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:11, 13.01.2023.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик