Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sherzod Esonov: «U20 Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istaymiz»

Sherzod Esonov: «U20 Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istaymiz»

Baho:
+ | -

“Andijon”ning iste’dodli qanot yarim himoyachisi Sherzod Esonov jamoaning umidli futbolchilaridan biri.

O‘tgan yili klub safiga qo‘shilgan o‘yinchi yaxshigina iqtidorga egaligini ko‘rsatdi. Qolaversa, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi ham hisoblanadi. Mart oyida esa Esonov terma jamoa bilan birga Osiyo chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda.

— Faoliyatingizda asta-sekin ko‘tarilish kuzatilyapti, o‘tgan yili ilk bor pro ligada o‘ynadingiz va dastlabki urinishdayoq jamoa bilan Superligaga chiqdingiz. Endi yana birinchi marotaba elitada debyut qilish imkoniyatiga egasiz. Qolaversa, yoshlar terma jamoasi a’zosisiz. Faoliyatingiz o‘zingiz istagandek kechyaptimi?
— Faoliyatimda asta-sekin ko‘tarilishni his qilyapman. Aniqrog‘i, zinama-zina ko‘tarilyapman. Xudo xohlasa, bu boshlanishi. Yanada yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz.

— “Andijon” bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapsiz. Asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti va Superligaga mos jamoa tuzilayotganini his qilyapsizmi?
— “Andijon” jamoamiz bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab olganmiz. Asosiy e’tibor jismoniy holatimizni yaxshilashga qaratilyapti. Superligaga mos jamoa yig‘ilyapti, deb ayta olaman va buni yil davomida isbotlashga harakat qilamiz.

— Viktor Kumikovning ketishini kutganmidingiz yoki siz uchun kutilmagan xabar bo‘ldimi? Umuman, yangi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovni uslubiga moslashish qanday davom etyapti?
— To‘g‘risi, Viktor Kumikovning ketishini kutmagandik. Biz muddatidan oldin pro liga g‘olibi bo‘lgandik va Superliga yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishga ulgurgandik. Aleksandr Xomyakovga kelsak, yaxshi mutaxassis. Ushbu murabbiyning uslubiga asta-sekin moslashib boryapmiz. Yil davomida Xomyakovdan ko‘p narsa o‘rganaman, degan umiddaman.

— Muxlislar sevimli jamoasini Superligada ko‘rishni sog‘inishgandi. Endi ularni xursand qilish muhim. “Andijon”ning Superligadagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Jamoamizning Superligadagi imkoniyatlarini yaxshi baholayman. Bu narsani muxlislarimiz oldida va ular bilan birga xursandchilik qilgan holda amalda isbotlashga harakat qilamiz.

— 16 yanvar kuni yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga ketasiz. Mart oyida Osiyo chempionati bo‘ladi. Shuning uchun endi ko‘proq terma jamoada bo‘lasiz. Bu hol esa sizni klubda yangi mavsumga tayyorlanishingizda muammo keltirib chiqarmaydimi?
— Nima desam bo‘ladi? Yoshlar terma jamoasidagi ishtirokim klubdagi vaziyatimga hech qachon xalaqit bermagan. Shaxsan menda aksincha. Pro ligada “Andijon” safida menda o‘yin amaliyoti biroz kamroq bo‘lgandi. Terma jamoada esa mening o‘yin tonusida bo‘lib turishimda katta yordam bo‘lgan. Bundan keyin ham muammo keltirib chiqarmaydi, degan umiddaman.

— “Andijon”da va terma jamoada boshqacha uslublar qo‘llaniladi. Ularga ko‘nikishda qiynalib qolmayapsizmi?
— Ha, “Andijon”da va terma jamoada o‘yin uslublari har xil. Murabbiylarning ko‘rsatmalari ham turlicha. O‘ynayotgan pozisiyamdan kelib chiqadigan bo‘lsak, men har xil joylarda to‘p suraman. Lekin qiynalmayman. Chunki murabbiylarning ko‘rsatmalarini qo‘limdan kelganicha bajarishga harakat qilaman.

— Mart oyida yurtimizda Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Asosiy maqsad qanday? Munosib tayyorgarlik uchun barchasi yetarlimi?
— Xudo xohlasa, mart oyida uzoq kutilgan Osiyo chempionatiga mezbonlik qilamiz. Yurtdoshlarimiz ko‘z oldida musobaqa chempioni bo‘lib, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Buni barchamiz juda va juda xohlaymiz. Tayyorgarlikni ancha oldin boshlaganmiz. Buning uchun bizga yetarli sharoitlar yaratib berilgan.

— Guruhdagi asosiy raqibimiz sifatida kimni ayta olasiz?
— Guruhdagi asosiy raqib sifatida men hamma jamoalarni qo‘shgan bo‘lardim. Osiyo chempionatida kuchsiz raqibni o‘zi yo‘q. Biz har o‘yin va raqibga alohida tayyorlanib, yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.

— O‘z maydonimizda o‘ta muhim musobaqada yurt sha’nini himoya qilasizlar. Bu ortiqcha bosimni keltirib chiqarmaydimi?
— O‘z maydonimida yurt sha’nini munosib himoya qilib, oltin medalga ega chiqish istagidamiz. Bu bizga bir tomondan bosim va yana bir tomondan motivasiya beradi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:33, 14.01.2023.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.