Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dzanyolo Londondan klubga o‘tishi mumkin

Dzanyolo Londondan klubga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Joriy transfer oynasida Londonning "Tottenxem" klubi 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar beradi Gazzetta dello Sport.

Italiyalik yarim himoyachini “shporlar”dan tashqari “Vest Xem” va “Nottingem Forest” jamoalari ham taklif qilmoqchi.

Nikoloning potensial transfer summasi 30 million yevroga baholanmoqda. Uning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Joriy mavsumda Dzanyolo “Roma” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:59, 15.01.2023.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.