Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Endrik: «Real»ni Vini va Krish tufayli tanladim»

Endrik: «Real»ni Vini va Krish tufayli tanladim»

Baho:
+ | -

«Flamengo» klubi va Braziliya milliy jamoasining afsonaviy futbolchisi Ziko har yili muhtasham «Marakana»da an’anaviy xayriya o‘yini tashkillashtiradi.

Bu safargi uchrashuvda «Palmeyras» tarkibida porlagan yosh iqtidor Endrik ham qatnashdi. U xayriya tadbiridan so‘ng Ispaniyaning Marca nashriga qisqacha intervyu berdi. Eslatish kerak, ushbu vunderkindning transfer huquqi yaqinda «Real» ixtiyoriga o‘tdi. To‘g‘ri, u Madrid superklubi safiga 18 yoshga to‘lgach, ya’ni 2024 yili qo‘shiladi.

- «Madrid» bilan shartnoma tuzganing e’lon qilinganidan buyon o‘zingda qandaydir o‘zgarishlarni sezyapsanmi?

- Hammasi joyida. Ha, bag‘oyat xursandman, lekin Xudoga shukr, osmonning yettinchi qavatida uchayotganim yo‘q. Axir hali hech narsa yutganim yo‘q, faqat hozirgi holatimdan mamnunman. Keyinchalik nimalar bo‘lishini esa Yaratgandan boshqasi bilmaydi. Umid qilamanki, 2024 yilgacha ancha shakllanib, «Real» safiga munosib futbolchi sifatida boraman. Hozir «Palmeyras»daman, albatta, «qaymoqranglilar»ga befarq qaramayman. Ayniqsa, yaqin do‘stim Vini (Vinisius Junior)ga alohida muxlislik qilaman, uning mavsumni zo‘r o‘tkazishiga tilakdoshman. Shuning­dek, Eder (Militao) va Rodri (Rodrigo)ga ham omad tilayman. «Real» esa CHL va La Ligada yana g‘alaba qozonsin, superkubokni ham o‘ziniki qilsin!

- Nega aynan «Real»ni tanlading? Har holda, oldingda boshqa variantlar ham yo‘q emasdi...

- Birinchidan, «Real Madrid» - katta klub. Jamoa haqida Vini gapirib bergach, menda beixtiyor uning safida o‘ynash orzusi tug‘ilgandi. Ikkinchidan, futboldagi kumirim - Krishtianu Ronaldu eng yaxshi davrini aynan «Real»da o‘tkazdi. Shularni o‘ylab, «Madrid» foydasiga qaror chiqardim va o‘ylaymanki, tanlovda adashganim yo‘q. Yaratgan hamisha men bilan birgaligi va eng to‘g‘ri yo‘ldan borishimda yordam berishiga ishonaman.

- Vinisius ham qandaydir maslahat-tavsiyalar berdimi?

- Ha, albatta. Lekin hozir uning so‘zlarini takrorlaydigan bo‘lsam, ko‘p vaqt ketadi, shuning uchun maslahatlarini ichimda saqlashim ma’­qul. U nafaqat bugun, balki butun hayotda asqotadigan maslahatlar berganini ta’kidlashim mumkin. Vini - qadrdon do‘stim. Inoqligimiz uzoq yillar davom etishidan umidvorman. Yana kelajakda o‘zaro uzatmalar evaziga ko‘plab gollar urishimizga ishonchim komil.

- Karlo Anchelotti yoki jamoaning boshqa futbolchilari bilan gaplashish imkoni bo‘ldimi?

- Ha, Anchelotti bilan gaplashdim. Shuningdek, Rodrigo va Eder bilan fikr almashdik. Hayotimda sodir bo‘layotgan voqealar uchun hamisha shukrona aytaman. Umid qilamanki, meni oldinda eng yaxshi voqeliklar kutmoqda. Shuning barobarida hozir oyog‘imni yerdan uzmasligim, kamtarlikni saqlagan holda ko‘p ishlashim zarurligini ham bilaman.

- Bugungi xayriya o‘yinida yaxshi ko‘rinding, 3ta gol urding...

- Aslida o‘yinga o‘ta jiddiy yondashmadim, lekin har qanday bahsda yengilishni aslo yoqtirmayman. Yaxshi futbol bo‘ldi, muxlislarga ham yoqdi, menimcha. Endi mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun San-Pauluga qaytaman. Chunki doimo yaxshi sport formasida turishim shart.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:08, 15.01.2023.
O'qildi: 2777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.