"Bavariya"ning yangi a’zosi Deyli Blind jamoadagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini aytdi.
“Hozir qanday holatda ekanligimni aytish qiyin. Mashqlar, albatta, menga yordam berdi. Jamoadoshlarim bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldim. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman va kelajakdagi qiyinchiliklarga tayyorman. "Bavariya" - boy an’analarga ega ajoyib klub. Men bu yerda ekanligimdan faxrlanaman", - deya Blindning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.