Gari Nevillning fikricha, "Arsenal" 8 ochkolik farqga qaramay, APLda g‘alaba qozona olmaydi.
Kecha Mikel Arteta shogirdlari APLning 20-turi doirasidagi o‘yinda "Tottenxem"ni mag‘lub etishdi (2:0) va "Manchester Yunayted"ga yutqazgan (1:2) "Manchester Siti"dan 8 ochko uzoqlashdi.
"Yo‘q. Lekin "Lester"ni ham chempion bo‘lmaydi degandim. "Arsenal" Premyer-ligada g‘alaba qozona olmaydi. "Manchester Siti" chempion bo‘ladi, "Manchester Yunayted" esa, menimcha, 2-o‘rinda bo‘ladi. Bilaman, bu so‘zlar "Arsenal" muxlislarini g‘azablantiradi!
Men chempionlikni "Manchester Siti" emas, "Arsenal" yutishini istardim. O‘ylaymanki, bu Premyer-liga uchun ajoyib bo‘lardi.
Men Premyer-ligaga qiziqish haqida gapiryapman. Biz besh yil davomida "Liverpul"ni hisobga olmasangiz, "Manchester Siti" hamma narsani qanday supurib tashlashini kuzatdik. "Arsenal" shunchaki kelib Premyer-ligada g‘alaba qozonishi mumkin, degan fikr bizning ligamiz uchun yaxshi.
Men "MYU" chempion bo‘lishini istardim, ammo bu mavsumda bunday bo‘lmaydi deb o‘ylayman", - dedi Nevill.