"Chikago Fayr" hujumchisi Jon Duran "Aston Villa"ga o‘tadi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
Shartnoma tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tish, shaxsiy shart-sharoitlarni muvofiqlashtirish va ish vizasini olish sharti bilan tuziladi.
2022 yilgi mavsumda Jon Duran MLSda "Chikago Fayr" tarkibida 27 o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida 8 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.













