Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Dmitriye Pobulich: «Bunyodkor»ning qarorini hurmat qilaman»

Dmitriye Pobulich: «Bunyodkor»ning qarorini hurmat qilaman»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» jamoasi o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng yil yakunida deyarli barcha legionerlarga javob berib yubordi.

Aslida yil boshida tarkibga jalb qilingan, lekin bir davragina to‘p surgan Dmitriye Pobulichdan ko‘p narsa kutilgandi. Jamoaga keladigan har qanday legionerga bosim yuklanishi, talablar oshishi, tabiiy. Gohida bu o‘z so‘zini aytadi yoki aksincha bo‘ladi. Pobulichga ikkinchi davrada murabbiylar 10ta uchrashuvda imkoniyat berishdi. U raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi. Maydonda qandaydir ajralib turgani yo‘q. Axir, 5 oy rasmiy o‘yinda qatnashmagan futbolchidan yana nimadir umid qilish o‘rinsiz, deb o‘ylaymiz. Balki keyingi faoliyatida hammasi iziga tushib ketar. Buni esa vaqt hukmiga havola qilgan ma’qul yo‘ldir. O‘zbekistondagi qisqa faoliyati, «Bunyodkor»dagi murabbiylar qo‘nimsizligi va boshqa mavzularda serbiyalik yarim himoyachiga yuzlandik.

- DmitriYE, qiziq nima uchun jamoa o‘tgan yilning birinchi yarimida xizmatingizdan foydalana olmadi? Vaholanki klub bilan shartnoma imzolagandingiz...

- Hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli birinchi davrada maydonga tushganim yo‘q. Ikkinchi davrada hammasi ortda qoldi. Jamoaga yordam berishga harakat qildim, nimalarga qodirlgimni ko‘rsatishga intildim.

- Shunday bo‘lsada, mavsumdan qanday taassurotlar qoldi?

- Yuqorida aytganimdek, hujjatlar sababli qiyin mavsumni o‘tkazdim. Keyinchalik 10ta uchrashuvda maydonga tushdim va bitta gol urdim. Chempionatga kelsak, o‘zbek futboli yuksalib borayotganini ko‘ryapman. Kelajakda yanada yaxshi bo‘lishiga umid bildiraman.

- «Bunyodkor»da bir yil ichida 3ta murabbiy bilan ishlashga ulgurdingiz. Ularning qaysi biriga moslashish oson bo‘ldi?

- Viktor Karpenko, Shuhrat Maqsudov, Ivan Boshkovich, har birining o‘ziga yarasha uslubi bor. Ammo futbolda natija kerak. Qisqa vaqtda natija yaratish talab etiladi. Bunday pallada o‘z g‘oyalarini singdirishga ularga vaqt yetishmaydi.

- Muntazam ravishda sovrindorlar qatoridan joy olib keladigan «Bunyodkor»ning 9-o‘rinni egallashi ajablantirmadimi?

- Ivan Boshkovich kelgach biroz oldinga siljish bo‘ldi. Natijalar yaxshilandi. Menimcha o‘z saviyamizni ko‘rsata olganimiz yo‘q, jamoa yosh. Kelajakda yaxshi natijalarga erishishiga ishonaman.

- Mavsum tugagach «qaldirg‘ochlar» safini tark etdingiz...

- Jamoa yoshlarga imkon bermoqchi. Men «Bunyodkor»ning qarorini hurmat qilaman. Shu bilan birga yana o‘z darajamga qaytishimga ham ishonaman.

- Superligada qaysi jamoaning uslubi ko‘proq yoqdi?

- Superligada ko‘proq to‘p bilan muomala qiladigan jamoalarning o‘yini ma’qul keldi. Misol uchun, «Olimpik» va «Nasaf»ni aytishim mumkin. Haqiqatdan ham chiroyli futbol ko‘rsatishdi. Tezkor kombinasiyalar, qisqa paslar, texnikaga asoslangan futbol uslubi.

- O‘tgan yildan kelib chiqib, bu yil chempionlik yo‘lida kimni favorit sifatida ko‘rsatasiz?

- Men «Navbahor» chempion bo‘lishini istardim. Endi bu jamoada do‘stim Luka Chermel o‘ynaydi. «Navbahor», «Paxtakor», «Nasaf» oltin medal uchun jiddiy kurashishini taxmin qilishim mumkin.

- Keyingi rejalaringiz haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

- Menda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Yevropa klublaridan variantlar bor. Shu haftada yakuniy qaror qabul qilaman.

ABDULAZIZ suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:52, 17.01.2023.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик