Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Triller yoxud o‘zimdan chiqqan balo...

Triller yoxud o‘zimdan chiqqan balo...

Baho:
+ | -

«Barselona» Ispaniya kubogi 1|16 finalidan o‘rin olgan bahsda katta mushkulotga yuz tutdi.

Uchinchi divizion ishtirokchisi - kamtarona Interciti» ustidan og‘ir g‘alaba yoxud chinakam shou. «Overtaym»da 4:3 - bu maydonda chinakam jang borganidan dalolat. Boz ustiga, Kataloniya klubini o‘z tarbiyalanuvchisi «xet-trik» bilan jazoladi. Teskari aylanish shunaqa...

G‘alati ssenariy

Aslida o‘yin kutilgan ssenariy ostida boshlandi - Ronald Arauxo 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. O‘sha lahzada hammasi o‘tkir syujetli shouga aylanib ketishini hech kim xayolining bir burchagiga ham keltirmagandi. Chunonchi, Xavi maydonga asosiy tarkibni tashladi, o‘rinbosarlardan faqat darvozabon Inyaki Penya va yarim himoyachi Pablo Torrega imkoniyat berdi. Kataloniyaliklar hisobdagi ustunlikni 59-daqiqagacha xotirjam saqlab turishdi, oxirgi yarim soatlikda esa barchasi teskari aylandi, go‘yo. Asosiy «aybdor» - 21 yoshli yarim himoyachi Oriol Soldevila. Ispaniyalik iqtidor avvaliga burchak zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Usmon Dembele «Barsa»ning ikkinchi golini urgach, atigi 4 daqiqadan so‘ng yana shu Soldevila muvozanatni tikladi. Keyin Rafinya hisobni 3:2ga yetkazdi, yakunda Oriol darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib borib, vaziyatdan unumli foydalandi - 3:3. Tasanno, qoyil! Qisqasi, «Barsa» uch marta hisobda oldinga chiqib oldi va hammani hayratga solgan yigitcha jamoa g‘alabasini buzib tashladi. Shu tariqa «Interciti» o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zdi, ammo yakunda mag‘lubiyatni tan oldi, baribir: Ansu Fatining 104-daqiqada urgan goli javobsiz qoldi.

«Barselona»ga o‘z  tarbiyalanuvchisidan salom! 

Oriol Soldevila faqat «Barselona» tarbiyalanuvchisi emas, u aynan Kataloniyada tug‘ilgan. Bo‘yi nisbatan baland (185 sm.) yigit ayni payt chap qanot vingeri pozisiyasida to‘p surmoqda. Oriol 2018-2020 yillar oralig‘ida «Barselona» akademiyasida shug‘ullangan. «Bolaligimdan jamoa fanati va klub a’zosi edim», dedi kecha qahramoni o‘yindan so‘ng. Biroq «Barsa» Soldevila salohiyatiga ishonmaydimi, uni «Birmingem» yoshlar jamoasiga qo‘yib yuboradi - tekin transfer. Yigitcha Angliyada U-23 tarkibida o‘ynadi, bu kattalar jamoasi bilan shartnoma tuzishi uchun kifoya qildi. To‘g‘ri, kamtaringina «Interciti» bilan. Taqdir ekan, shu bola «Barselona»ga qarshi o‘yinda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bundan o‘ta effekt­li foydalandi.

Aytish o‘rinli, o‘yin oldidan Soldevilaga odatdagidan ko‘proq e’tibor qaratildi, yigitcha hattoki, ovqatlanish tartibi haqida ham gapirdi: «Nonushta uchun yong‘oq moyi va banan. Ertalabki mashg‘ulotlardan so‘ng odatda ozgina protein iste’mol qilaman». Nima, bu muvaffaqiyat formulasimi? Umuman, Oriol Ispaniya kubogi joriy mavsumida bunga qa-dar 2 marta maydonga tushgandi: «Atletiko Chirbonero»ga qarshi bahsda 13 daqiqa va «Mirandes» bilan o‘yin­da 72 daqiqa (ikkinchisida gol ham urdi). Futbolchining Ispaniya uchinchi divizionidagi statistikasida esa g‘ayrioddiylik yo‘q: 17ta o‘yin, atigi 1ta gol va 2ta assist. Boshqacha aytganda, Soldevila ligada jami 575 daqiqa to‘p surgan, xolos. Demak, u ko‘pincha «joker» rolini bajaradi. Shuni nazarda tutsak, uning «Barselona» bilan bahsda «xet-trik» qayd etgani - yanada katta «syurpriz».

O‘zi «Intersiti» qanday klub?

«Barselona» ishtirokidagi shou-o‘yin Alikanteda o‘tkazildi. Bu shahar haqida gap ketganida, muxlislar yodiga vaqtida Segunda va kubok turnirlarida o‘ynagan «Alikante» klubi tushsa kerak. Ammo bu jamoa 2014 yili tarqatib yuborildi. «Interciti»ga esa 2017 yili asos solindi. Yangi jamoa avvaliga Valensiya hamjamiyatiga qarashli hududiy ligada ishtirok etdi. Xullas, chindan ham, noldan tuzilgan «Intersiti» mavsum-2017|2018da debyutini nishonladi. 2018 yilning yozida rahbarlar klubni «Novelda» bilan birlashtirmoqchi bo‘ldilar, albatta, Uchinchi divizionga chiqish uchun. Ammo Ispaniya futbol federasiyasi g‘oya geografik me’yorlarga to‘g‘ri kelmasligi tufayli bunga ruxsat bermadi. Chunki ikki jamoa bir-biridan 28 km. uzoqlikdagi shaharlarda faoliyat yuritadi.

Muhimi, «Interciti» shundan so‘ng noyob loyiha evaziga o‘z pozisiyasini mustahkamladi. Klub egalari buni futboldagi yangilik sifatida tavsiflashadi. Texno-biznesmenlar Salvador Marti va Xavyer Mira shu g‘oya ichida «yonmoqdalar». Ular odamlarni yuz qiyofasidan tanib olish tizimi bilan shug‘ullanuvchi FacePhi kompaniyasini taraqqiyot sari yetaklashmoqda. Qisqasi, Marti va Mari biznes-loyihaga ko‘ra, 2021 yilning oktyabr oyida Ispaniya futbolida birinchi bo‘lib, «Interciti» aksiyalarini fond bozoriga chiqarishdi. Jamoa esa 5 mavsumdan 4tasida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarib, ligalar­aro sakradi va Uchinchi divizionga ko‘tarildi. To‘g‘ri, «shaharliklar» hozircha atigi 16-o‘rinda borishmoqda. Ispaniya kubogida «Barselona»ga qarshi ushbu sehrli o‘yin ortidan esa «Intersiti» kichik xususiy sarmoyadorlar uchun ancha jozibali brendga aylandi, shubhasiz.

I.YUSUFJONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:30, 18.01.2023.
O'qildi: 1877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.