Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Superliga va Pro liga klublari OFK lisenziyasi uchun harakatni boshladi

Superliga va Pro liga klublari OFK lisenziyasi uchun harakatni boshladi

Baho:
+ | -

Musobaqalarni kuz-bahor tizimida o‘tkazishga o‘tgan OFK lisenziyalash davriga ham o‘zgartirish kiritdi. Endilikda qit’a futbol klublari yanvar oyidan boshlab aprel oyi so‘ngiga qadar lisenziyalash jarayonida ishtirok etadi.

Shundan kelib chiqib, Liga Superliga va Pro liga futbol klublarining lisenziyalash menejerlari hamda buxgalterlari ishtirokida seminar o‘tkazdi. Mazkur seminar Liganing Klublarni lisenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zohirjon Akramxonov tomonidan olib borildi.

Seminar davomida lisenziyalash jarayoni, unga kiritilgan o‘zgarishlar, talablar masalasida futbol klublariga batafsil ma’lumot berildi. So‘nggi ikki mavsumdan buyon Liga lisenziyalash harakatlarini monitoring qilibgina qolmay, futbol klublari bilan hamkorlikda mazkur jarayonda teng mehnat qilyapti. Buning natijasida bugungi kunga kelib O‘zbekistonda OFK lisenziyasiga ega chiqqan 12 ta futbol klubi hamda 2 ta ayollar jamoasi mavjud. Liganing navbatdagi maqsadi lisenziyaga ega chiqayotgan klublar sonini yanada ko‘paytirishga erishish hisoblanadi.

2020 yilgi mavsumga kelib Liga Pro liga qatnashchilarini ham lisenziyalash jarayoniga jalb qilish tashabbusi bilan chiqdi. Buning natijasida 2021 yilga kelib Pro liganing 3 ta klubi OFK lisenziyasini qo‘lga kiritishga erishdi. Shu asosda Liga 2024 yildan boshlab Pro ligada faqatgina professional futbol klublari ishtirokini ta’minlash rejasi sari ilk qadamlarni tashladi.

2023 yilga kelib ilk marta Birinchi liga jamoasi ham lisenziyalash jarayonida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Agar Birinchi liga jamoasi OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olsa, 2023 yilgi mavsum natijasidan qat’iy nazar 2024 yilda Pro liga qatnashchilari safiga qo‘shiladi.

2023 yildan boshlab «Andijon SGS», «G‘ijduvon», «Do‘stlik Toshkent» kabi jamoalar ilk marta OFK lisenziyasi uchun harakat qilib ko‘radi. Shu tariqa lisenziya talabgori bo‘lgan futbol klublari soni 25 tani tashkil etishi rejalashtirilgan. «Yunired» va «Aral» futbol klublari tashkil etilganiga hali 2 yil to‘lmagani munosabati bilan OFK lisenziyalash jarayoniga 2024 yildan boshlab jalb qilinadi. Shu tariqa mazkur klublar milliy lisenziyalash talablari asosida xalqaro lisenziya uchun tayyorlab boriladi. Pro ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan «Navbahor-farm» esa «Navbahor lochinlari» qoshidagi jamoa sifatida lisenziyalash jarayonida qatnashmaydi.

Ma’lumot uchun, «Superliga va Pro liga reglamenti»ning 10.5-bandiga ko‘ra OFK lisenziyasini qo‘lga kiritgan futbol klubiga O‘FA tomonidan professional futbol klubi maqomi taqdim etiladi. Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan qolgan barcha jamoa yarim professional futbol jamoasi hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:50, 19.01.2023.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.