Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, «Roma» yanvarda yarim himoyachi Nikolo Dzanyoloni sotishga tayyor.
Tomonlar shartnomani 2024 yilning iyuniga qadar uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. Rimliklar futbolchini 35-40 million yevroga baholamoqda.
23 yoshli futbolchiga «Vest Xem», «Tottenxem» va «Borussiya Dortmund» qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022/23 yilgi mavsumda 23 yoshli Dzanyolo «Roma» safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.