Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Tata Steel-2023». Abdusattorov 6 soatli o‘yinda Karlsenni taslim etdi

«Tata Steel-2023». Abdusattorov 6 soatli o‘yinda Karlsenni taslim etdi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha «Tata Steel-2023» nufuzli xalqaro turnirining  beshinchi kunida "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov va jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Norvegiyalik sportchi o‘yinchi 14-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi natijasida hamyurtimiz raqibining ruhini yutib oldi. Shundan so‘ng ustunlik Abdusattorov tomoniga o‘tib ketdi. Raqib qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, Nodirbek bu ustunlikni qo‘ldan chiqarmadi va bahsni g‘alabagacha olib bordi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 4 taga yetkazib, yaqqol pshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘rindagi Anush Giri hisobida 3,5 ochko mavjud. Karlsen esa 2 ochko bilan 11-o‘ringa tushib ketdi.

Nodirbek Abdusattorov ertaga hindistonlik Praggnanadhaaga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. Ushbu raqib hozirda 3 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:46, 19.01.2023.
O'qildi: 2318 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик