Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Katta transferlarga qo‘l urayotgan "Chelsi", o‘ziga hujumchi topgan "MYU". Yevropada so‘nggi kunlarning top-transferlari

Katta transferlarga qo‘l urayotgan "Chelsi", o‘ziga hujumchi topgan "MYU". Yevropada so‘nggi kunlarning top-transferlari

Baho:
+ | -

 Evropada qishki transfer oynasi deyarli uch haftadan beri ochiq. So‘nggi kunlarda bir nechta muhim tranzaksiyalar amalga oshirildi. "Chelsi" allaqachon katta pul sarflagan va "Manchester Yunayted" hujum chizig‘ini kuchaytirgan. Keling, haftaning asosiy transferlari haqida so‘z yuritamiz.

Mixail Mudrik: Shaxtyor → Chelsi (70 mln yevro)

Allaqachon shov-shuvga sabab bo‘lgan transfer. Mutaxassislar deyarli bir xil fikrda - "Chelsi" 22 yoshli ukrainalik futbolchining transferi uchun ortiqcha pul sarfladi. Uning transferi londonliklarga 70 million yevroga tushdi, yana 30 million yevro bonus sifatida taqdim etiladi. Mudrikning o‘zi esa haftasiga 109 ming yevro maosh oladi.

"Shaxtyor" bosh direktori Sergey Palkinning so‘zlariga ko‘ra, bonuslar Premyer-liga va Chempionlar ligasida yaqin yillardagi ehtimoliy g‘alabalar bilan bog‘liq. Aytgancha, Mudrikning transferi tarixdagi eng qimmat qishki transferlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan qimmatroq faqatgina Filippe Koutinyo (135 million yevro), Virjil van Deyk (84,7 million yevro) va Dushan Vlahovich (81,6 million yevro) uchun to‘langan.

Vout Vegorst: "Byornli" → "Manchester Yunayted" (ijara)

Bir yil avval "Byornli" hujumchini "Volfsburg"dan yaxshigina pulga – 17,5 million yevroga sotib olgandi. Nemis klubida futbolchi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi (144ta o‘yinda 70ta gol), lekin ochig‘i, Angliyada uning o‘yini qovushmadi. "Byornli"dagi yarim mavsum davomida Vegorst atigi ikki marta gol urdi va klub uni "Beshiktosh"ga ijaraga berdi. U yerda niderlandiyalik futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumning birinchi yarmini o‘tkazdi (18 o‘yinda 9 ta gol) va endi Premyer-ligaga qaytdi.

"Manchester Yunayted" JCH-2022 chorak finalida porlagan va argentinaliklarga ikkita gol urgan baland bo‘yli hujumchini ijaraga oldi. Vegorstga "Kristal Pelas" bilan o‘yinda (1:1) asosiy tarkidagi joy ishonib topshirilgandi, ammo u bu o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmadi. 

Joau Feliks: "Atletiko" → "Chelsi" (11 million yevroga ijara)

 To‘lovlar bo‘yicha futbol tarixidagi eng qimmat ijaraga olingan futolchi. "Chelsi" nafaqat ijara uchun katta pul to‘lagan, balki futbolchining maoshi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni ham o‘z zimmasiga olgan. Shu tariqa, Premyer-liga klubi har oyda har bir futbolchi uchun 1,9 million yevro sarflaydi va bu rekord ko‘rsatkichdir.

Feliks allaqachon yangi klubda debyutini o‘tkazgan va buni esda qoladigan tarzda amalga oshirgandi. Portugaliyalik futbolchi "Fulxem"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi (1:2), 58-daqiqada esa qizil kartochka oldi.

Yan Zommer: "Borussiya M" → "Bavariya" (8 mln yevro)

Myunxen klubi yangi darvozabon qidirayotgan edi, chunki Manuel Noyer mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi. Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni ta’til paytida oyog‘idan og‘ir jarohat oldi. 34 yoshli Zommer nihoyat Yevropaning top-klubida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bungacha u anchadan beri Myonxengladbaxning "Borussiya"sida (2014 yildan beri) o‘ynagan.

Bild nashrining ta’kidlashicha, Zommer kelajakda Noyer bilan raqobatlashishni istamasa, "Bavariya"ni tark etish huquqiga ega bo‘ladi. Shveysariyalik "Bavariya" tarixida Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lmagan to‘rtinchi darvozabon bo‘ldi.

Ruslan Malinovskiy: "Atalanta" → "Marsel" (10 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga)

Yana bir ukrainalik futbolchi o‘tgan hafta davomida klubini almashtirdi. Malinovski "Atalanta"da uch yarim yil o‘tkazdi va o‘zining kuchli chap oyoq zarbalari bilan yodda qoldi. Bu mavsumning birinchi yarmi Ruslan uchun oson kechmadi. U 15 uchrashuvda atigi bitta gol urdi va asosan zaxiradan maydonga tushdi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unga Angliyadan qiziqish bo‘lgan, ammo bu unchalik jiddiy taklif bo‘lmagan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:52, 20.01.2023.
O'qildi: 3179 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.