Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Dani Alvesh hibsga olindi

Dani Alvesh hibsga olindi

Baho:
+ | -

Dani Alvesh jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olindi.

"Barselona"ning sobiq himoyachisi 30 dekabr kuni Barselonadagi Sutton tungi klubida yosh ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanib bugun hibsga olindi, deb yozmoqda Cope. Hodisa Barselonada mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 larda sodir bo‘ldi.

20 yanvar kuni ertalab Alvesh so‘roq uchun Kataloniya poytaxtidagi Les-Korts polisiya bo‘limiga kelishi kerak edi. Hibsga olingandan keyin Dani sudga olib boriladi, u yerda unga nisbatan vaqtinchalik ehtiyot chorasi tanlanadi.

Arizachining so‘zlariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi tarkibida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etib, Barselonada ta’tilga chiqqan Alvesh tungi klubdagi ziyofatda yosh ayolga yaqinlashib, uning roziligisiz uning ichki kiyimi ostiga qo‘lini qo‘ygan. Jabrlanuvchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, u futbolchidan uzoqlashishga muvaffaq bo‘lgach, do‘stlariga va tungi klub xavfsizligiga xabar bergan, ular Kataloniya polisiyasiga murojaat qilgan.

Ayblovlardan so‘ng Dani 30 dekabr kuni “Sutton” klubida bo‘lganini tasdiqladi, ammo nomaqbul xatti-harakatlar qilganini rad etdi: “Men hech qachon odamlarning shaxsiy maydoniga bostirib kirganim yo‘q. Bu menga va mening yaqinlarimga zarar yetkazishga urinishdir”.

Faoliyati davomida himoyachi "Sevilya", "Yuventus", "PSJ" va "San-Paulu" klublarida ham o‘ynagan. 2022 yilda futbolchi Meksikaning "Pumas" klubi bilan shartnoma imzolagan.

Kiritildi: 15:56, 20.01.2023.
O'qildi: 2333 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик