Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Arsenal» polshalik futbolchi bilan to‘liq kelishib oldi

«Arsenal» polshalik futbolchi bilan to‘liq kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Arsenal» «Spesiya» himoyachisi Yakub Kiviorning transferi borasida to‘liq kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 22 yoshli polyak uchun turli bonuslarni hisobga olmaganda 20 million yevro to‘laydi. Transfermarkt portali himoyachini 8 million yevroga baholamoqda.

Oldinroq Kiviorga Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirayotgani, Polsha terma jamoasi futbolchisi uchun 22 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda himoyachi «Spesiya» tarkibida 20 ta o‘yin o‘tkazib, gol urolmadi. «Arsenal» ayni dam APL turnir jadvalida 18-turdan keyin 47 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

«Kanonirlar» eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti»dan 5 ochko oldinda, londonliklarda bitta o‘yin ko‘proq.

Kiritildi: 19:35, 20.01.2023.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик