Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Trossard Mudrikdan hecham qolishmaydi

Trossard Mudrikdan hecham qolishmaydi

Baho:
+ | -

20 yanvar, juma kuni "Arsenal" "Brayton"dan Leandro Trossardni sotib olganini e’lon qildi. 28 yoshli vinger “kanonirlar” bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va 19-raqamda harakat qiladi. Belgiyalik futbolchi “Arsenal”ga “Chelsi” tomonidan ushlab qolgan Mixail Mudrikdan (24 million yevro) deyarli uch barobar arzonga tushdi. Londonliklar Belgiya terma jamoasi futbolchisini anchadan beri kuzatib kelishdi va nihoyat u bilan shartnoma imzolashdi.

Leandro Trossard - "Brayton"ning eng yaxshi to‘purari

2019 yilning yozida "Brayton"ga qo‘shilganidan beri qanot yarim himoyachisi ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Birinchi mavsumda u 31 o‘yinda beshta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirgan, ikkinchisida - 35 o‘yinda 5+5, uchinchisida - 34 uchrashuvda 8+3. Bu mavsumda esa belgiyalik Premyer-liganing 16 o‘yinida 7+3 ko‘rsatkichiga ega. Leandro Trossard "Arsenal"dan ko‘ra "Chelsi"ni tanlagan Mudrikka ajoyib alternativ bo‘lib ko‘rinadi. Belgiyalik ukrainalikdan farqli ravishda Angliya Premyer-ligasiga moslashib bo‘lgan. Bu uning Buyuk Britaniyadagi to‘rtinchi mavsumi. "Brayton" futbolchisi sifatida Trossard 2020 yilning sentyabr oyida Belgiya terma jamoasida debyut qilgan. Hozirgacha u terma jamoa safida 24 ta o‘yinda 5 ta gol urgan. Yevro-2020 va JCH-2022 da o‘ynash tajribasiga ega.

Muhimi, Trossard faoliyatining cho‘qqisida. U bu mavsumda bir oz ko‘proq o‘ynagan, ammo bitta kam golli uzatmani amalga oshirgan Gabriel Martinelli bilan raqobatlashishi kerak. Belgiyalik futbolchining munosib driblingi, aniq zarbalari bor, lekin pozision o‘yin va kurashda zaif. Unga himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin. Bu borada Martinelli afzalroq ko‘rinadi.

Trossardning yana bir afzalligi shundaki, u top-klublar bilan o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishni biladui. Masalan, 2022 yilning oktyabr oyida Leandro “Liverpul” bilan o‘yinda xet-trik qayd etgan (3:3). Xuddi shu oyda u “Manchester Siti” va “Chelsi” darvozasiga gol urdi.

Mikel Arteta uning jamoaga kelishini quyidagicha izohladi:

“Trossard yuqori texnik qobiliyat va aql-zakovatga ega, Premyer-ligada va xalqaro miqyosda katta tajribaga ega ko‘p qirrali futbolchidir. Mavsumning ikkinchi qismiga kirishimiz bilan Leandro tarkibimizni kuchaytiradi. Biz u bilan ishlashni intiqlik bilan kutamiz. Biz Leandro va uning oilasini "Arsenal"ga kelgani tabriklaymiz”.

Bu transfer "Arsenal"ga shu yerda va hozir foyda keltirishi aniq. "Kanonirlar" chempionlik sari intilishmoqda va ozgina pul evaziga Premyer-ligaga moslashgan o‘yinchi Chempionlar Ligasida bor-yo‘g‘i 12 o‘yin o‘tkazgan 70+ million yevrolik futbolchidan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Kiritildi: 11:25, 21.01.2023.
O'qildi: 2558 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик