Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Omadi chopmayotganlar uchrashuviga prevyu

Omadi chopmayotganlar uchrashuviga prevyu

Baho:
+ | -

Bugun Angliya chempiomnati doirasida "Liverpul" va "Chelsi" jamoalri o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv atrofidagi qiziqarli statistik va boshqa ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Qarama-qarshiliklar tarixi

Angliya chempionatlarining yuqori divizioni doirasida jamoalar 158 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Jamoalar "Enfild"da 79 marta to‘qnash kelishgan. Uchrashuvlarning 48 tasida mezbonlar, 12 tasida mehmonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 19 bor uchrashuvlar durang bilan yakunlangan.

Premyer-ligada jamoalar oxirgi marta 2021 yilning avgustida “Enfild”da to‘qnash kelishgan. O‘yin 1:1 hisobida yakunlangan, Xavers va Saloh tomonidan kiritilgan gollar jamoalarga bir ochkodan berishgan.

O‘tgan mavsum "qizillar" va "ko‘klar" o‘rtasidagi o‘yinlarga boy bo‘ldi.

Jamoalar Angliya chempionatidagi o‘yinlardan tashqari, Angliya kubogi finallarida ham to‘qnash kelishdi. Har ikki o‘yin ham golsiz durang bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkala uchrashuvda ham “Liverpul” penaltilar seriyasida kuchliroq bo‘lib chiqdi.

Jamoalarning hozirgi kundagi holati

19 turdan keyin London klubi 28 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog‘onasida bormoqda. “Chelsi” 2023 yilda 5 ta rasmiy o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, bu o‘yinlarda “Kristal Pelas” ustidan g‘alaba qozondi. “Nottingem Forest” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang qayd etdi va 3 mag‘lubiyatga uchradi: "Fulxem" bilan mehmonda 2:1 va ikki marta "Manchester Siti"ga. Avvaliga o‘z maydonida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi (Premyer-liganing 19-turi), keyin esa safarda 4:0 (Angliya kubogi).

"Liverpul" ham yilni yaxshi boshlagani yo‘q,ular 4 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi va faqat bir marta "Vulverxempton"ga qarshi safarda 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bungacha Premyer-ligada "Brentford"dan 3:1 (19-tur) va "Brayton"dan 3:0 (20-tur) hisobida safarda 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Jamoaning so‘nggi muvaffaqiyatsizliklari uni Premyer-ligada 9-o‘ringa tushirib yubordi. O‘tkazilgan 18 uchrashuvdan so‘ng Klopp shogirdlarida 28 ochko bor.

Jarohatlar

Turnir jadvalidan tashqari, jarohat olgan futbolchilar soni bo‘yicha ham jamoalarda tenglik bordek.

“Qizillar”ga hali ham Virjil van Deyk, Luiz Dias, Diogo Jota, Artur Melo va Roberto Firmino yordam bera olishmayapti. Jarohatdan keyin Darvin Nunyes mashg‘ulotlarga qaytdi.

“Ko‘klar”da jarohat olganlar bilan vaziyat bundan ham yomonroq.
Jamoa lazaretida Ris Jeyms, Ben Chiluell, Ngolo Kante, Denis Zakariya, Uesli Fofana, Rahim Sterling, Kristian Pulishich, Eduard Mendi, Armando Broya bor.

Joau Feliks "Fulxem"ga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Murabbiylarning qarama-qarshiligi

Yurgen Klopp va Grem Potter bosh murabbiy sifatida bir-biriga qarshi 6 ta o‘yin o‘tkazishgan. Nemis murabbiyi 3 o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, angliyalikning hisobida 1 ta g‘alaba bor, 2 o‘yin durang bilan yakunlangan.

Tahminiy tarkiblar

Yurgen Klopp "Bo‘rilar"ga qarshi takroriy o‘yinda asosiy tarkibning ko‘plab futbolchilariga dam berdi. Buning evaziga ba’zi zaxira o‘yinchilari o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi va endi bosh murabbiyning oldida asosiy tarkibga kim munosib, degan savol turibdi.

Yarim himoya chizig‘i mavsumning ko‘p qismida "Liverpul" uchun muammoli pozisiya bo‘lib kelgan. Ayni damda Tiago maydonga tushishi kerak.

Klopp "Bo‘rilar"ga qarshi o‘yinda yaxshi ko‘ringan yarim himoyachilar uchligi Baytesich - Tiago – Keytani tanlaydimi yoki hammaga tanish uchlikni Fabino - Tiago - Xenderson qaytaradimi - bu sirligicha qolmoqda.

Kiritildi: 12:24, 21.01.2023.
O'qildi: 2051 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.