Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Mudrik uchun 100 million ko‘pmi? — APL klubi murabbiyi izoh berdi

Mudrik uchun 100 million ko‘pmi? — APL klubi murabbiyi izoh berdi

Baho:
+ | -

«Brentford» bosh murabbiyi Tomas Frank ukrainalik hujumchi Mixail Mudrikning «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga o‘tishi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar 22 yoshli vinger uchun 70 million yevro to‘lashdi. Bundan tashqari, Donesk klubi yana 30 million bonus olishi mumkin bo‘ladi.

Mutaxassisning fikricha, endigina faoliyatini boshida turgan yosh futbolchi uchun 100 million yevro juda yuqori narx.

«Tashqaridan qaraganda, menga Mudrik haqiqatan ham yaxshi futbolchidek tuyuladi, ammo imkoniyatlari hali noma’lum bo‘lgan futbolchi uchun 100 million yevro juda ko‘p.

U, ehtimol, ancha yaxshilanishi mumkin, ammo bu zamonaviy futboldagi narx o‘sib borishining turli belgilaridir», - deya Frenkning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Joriy mavsumda Mudrik «Shaxtyor» safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yosh hujumchini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:58, 21.01.2023.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик