Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Sport ko‘rsatuvlari qaroqchilari

Sport ko‘rsatuvlari qaroqchilari

Baho:
+ | -1

Ma’lum bo‘lishicha, YEI mamlakatlarida qaroqchilikni xush ko‘rishar ekan. Britaniya matbuotida g‘ayri-tabiiy yangilik e’lon qilindi:

 Angliya polisiyasi mamlakatda APL uchrashuvlarini maxfiy (nolegal) translyasiyalar orqali tomosha qilish holatlariga barham berish maqsadida maxsus reyd uyushtirib, fuqarolar uylarida tekshiruv o‘tkazadilar. Hozircha jarayon boshlangani yo‘q, lekin u rejada bor ekanligi aniq - taxminan, yanvarning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Polisiya nima qilish niyatida va bunga qanday asoslari bor?

Mirrordan olingan ma’lumotga binoan, quyidagilar ma’lum:

  •  Surishtiruv mahkamalarida mijozlar bazasi mavjud. U turli ko‘ngilochar tadbirlar va sport ko‘rsatuvlarini translyasiya bahosi arzonroq bo‘lgan maxsus servislar orqali namoyish etadigan va tomosha qiladigan shaxslarning ro‘yxati. Polisiya 1000ga yaqin xonadonga tashrif buyuradi;
  • Tekshiruvchilar xonadonlarga ogohlantirish bilan keladilar - keyin qoidabuzarlarni javobgarlikka tortishlari mumkin;
  •  Rejaning tashabbuskorlari orasida Sky Sports, BT Sport va Amazonlar bor;
  •  Intellektual mulk sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limidagi polisiya bosh maxfiy agenti Geri Robinsonning aytishicha, mualliflik huquqiga ega bo‘lmagan manbalarning filmlar va translyasiyalarga yaqinlashuvi qonunga zid;
  •  Qaroqchilik uchun bir yildan ko‘proq muddatga ozodlikdan mahrum etilganlar bo‘ldi. 2021 yilda Pol Folkner va Stiven Millingtonlar 16 oylik qamoq jazosiga hukm etildilar. Sababi - nolegal videotranslyasiyani tomosha qilganliklari.

APL uchrashuvlari qayerda qimmatroq namoyish etiladi? Musobaqani o‘tkazayotgan mamlakatda.

Sporticos.com saytining Buyuk Britaniya va yana dunyoning 19ta turli mamlakatlarida APL bellashuvlarini tomosha qilish uchun to‘laydigan yillik qiymatiga ko‘ra, shunday. Sky Sports har yili 128ta o‘yinni namoyish etadi va buning uchun eng arzon (oyiga 41 funt) obuna paketini taklif etgan. VT 52ta uchrashuv namoyishi uchun 15 funt oladi.

Biroq gap barcha o‘yinlarni to‘liq namoyish haqida ketmoqda. Ko‘pchilik mamlakatlar 380ta o‘yinni translyasiya qiladilar. Ular orasida aynan Buyuk Britaniya 605 funtli (taxminan 8 mln. 400 ming so‘m) ko‘rsatkich bilan peshqadamlik qilmoqda. Shuncha mablag‘ evaziga britaniyaliklar uchrashuvlarning 50 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiladilar.

AQSHdagilar qariyb 2 baravar (329 funt), Fransiyadagilar 309 funt to‘laydilar. Yetakchi beshlikdan Qatar va Germaniya ham joy olishgan. Polsha, Braziliya, Argentina, Xitoy, Meksika va Hindiston davlatlari 100 funtdan ozroq to‘laydilar. Ular orasida bor-yo‘g‘i 9 funt to‘laydigan Hindiston yaqqol ajralib turadi. Albatta, har qaysi mamlakatdagi maoshlar darajasi va imkoniyatlari inobatga olingan.

Rossiyada bundan 2 yil avval «Okko» aksiyasi bo‘­yicha belgilangan narx 3990 rublga (taxminan 48 funt) teng edi. YEI davlatlarida qaroqchilikni yoqtiradilar, Rossiyadagi ko‘rsatkich yanada yuqoriroq.

Qaroqchilikka qarshi audiovizual ittifoq 2021 yilda YEI va Buyuk Britaniyada 17 mln.dan ko‘proq kishilar IPTV xizmatlaridan foydalanishgan. Ularning soni yil sayin ortib bormoqda. 2018 yilda qaroqchilar 13,7 mln. kishi edi. 3 yil ichida qonunbuzarlar soni 25 foizga ko‘paygan. Jumladan, pandemiya davrida ham.

Ana shu 17 mln. qonunbuzarlar aholining 4,5 foizini tashkil etishi kishiga bir oz taskin berishi mumkin. Lekin ularning 11,8 foizi 16-24 yoshdagilar ekanligi xavotirga sabab bo‘ladigan ko‘rsatkich.

2021 yilda mualliflik huquqlariga rioya qilmagan IPTV provayderlari 1,06 mlrd. miqdorida noqonuniy daromad olishgan. Qonuniy ravishda faoliyat yuritganlar esa bir yilda 3,2 mlrd.dan mahrum bo‘lishgan.

Rossiyada qaroqchilik darajasi ancha yuqori. O‘tgan yilning aprel oyi natijalari buni tasdiqlaydi: Rossiyaliklarning qaroqchi namoyishchilarga beparvoliklari tobora ortib bormoqda. Ishtirokchilarning 12 foizi noqonuniy faoliyatlarini tan oldilar. Uzoq Sharq, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati faol «videoqaroqchilar»ning suyukli makonlari hisoblanadi. Bu borada eng past ko‘rsatkich Shimoliy Kavkazda qayd etildi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:47, 22.01.2023.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.