Himoyachi Markos Alonso yangi shartnoma imzolash orqali "Barselona"da qolish uchun yaxshi imkoniyatga ega hozirgi shartnoma mavsum oxirida tugaydi. Ispaniyaning Sport.es nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi Alonso bilan shartnomani uzaytirishni ma’qullagan.
Markos Alonsoning yangi shartnomasi qancha muddatga hisoblanishi hozircha aniq emas. Futbolchi ikki mavsumga shartnoma tuzmoqchi, "Barselona" esa 1+1 formatidan ko‘proq mamnun.
32 yoshli Markos Alonso "Barselona" safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.