Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

"Chelsi" kelajakdagi o‘yinini besh futbolchi atrofida quradi. Ularning kimligini bilasizmi?

"Chelsi" kelajakdagi o‘yinini besh futbolchi atrofida quradi. Ularning kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Ris Jeyms

Risning pozisiyasiga qaramasdan, u "Chelsi"da muhim rol o‘ynaydi deyish mumkin. Negaki, Jeyms "Chelsi" bilan qattiq bog‘langan akademiya "mahsuloti" sanaladi. Ammo uning bir kamchiligi bor. U ham bo‘lsa, juda ham ko‘p jarohat olishidir. Shu sababdan Grem Potter davrida 23 yoshli himoyachi eng ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan futbolchiga aylandi. Jeyms o‘z faoliyatida 135 ta nufuzli o‘yinlarda qatnashgan bo‘lsa, shulardan 67 tasini to‘piq, son, tizza va chov sohasidagi jarohatlar sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham, rahbariyat Jeymsga ishonadi. Yaqin kelajakdagi o‘yinlarda uning ishtiroki muhim bo‘lishi aytilgan. Turgan gapki, shunga yarasha uning yelkasiga mas’uliyat yuklanadi.

Meyson Maunt

Shunday davrga kelib ulgurdikki, Maunt yaxshi o‘ynaydimi yoki yo‘q, muxlislarning unga bo‘lgan simpatiyasi o‘zgarmaydi. Chunki Maunt allaqachon nimalarga qodir ekaniniyu, jamoaga qanchalar kerakligini isbotlab qo‘ya olgan. Ha, ayni damda Meyson yaxshi sport-formasida emas. Ammo hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Maunt "Chelsi"ning so‘nggi uch mavsumdagi eng yaxshi va barqaror figurasidir. Ustiga-ustak, Maunt ham "Chelsi" maktabidan chiqqan. Shuning uchun uning klubga bo‘lgan sadoqatiga shubha qilmasak ham bo‘ladi. Yaqin kelajakda uni Frenk Lempard rolida ko‘ra boshlasak, ajab emas. Boz ustiga, u hali yosh va o‘sishga qodir.

Vesli Fofana

Jarohat olishidan oldin ham ko‘rinib turgan ediki, Fofana hali "Chelsi"ga ko‘nikib ketishga ulgurmagan. Ammo bu mavsumda Vesli 2 ta o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazgan. Ularning ikkisida ham "Chelsi" g‘alaba qozongandi. Afsuski, xuddi Jeyms kabi jarohatlar girdobi 22 yoshli qahramonimizni ham tinch qo‘yganicha yo‘q. Agarda u jarohatlarsiz futbolchi bo‘lganida, ko‘p ehtimol, Tiagu Silva bilan ajoyib tandem hosil qilgan, "Chelsi" ham boshqacharoq futbol ko‘rsatgan bo‘lardi. "Chelsi" uni 80 million yevroga sotib oldi va bu pullar oqlanishi kerak. O‘ylaymizki, Fofana hali o‘sishda davom etadi. Biz uni "Lester"da nimalarga qodir ekaniga guvoh bo‘lganmiz.

Karni Chumvuemeka

Potensial haqida gap ketganida, suhbatning bari mana shu yigit atrofida aylanadi. Xuddi kechagi o‘yindagidek, Karniga imkon berib turilsa, u albatta o‘sadi. Ha, Chukvuemeka hali yosh, tajribasiz va ayrim taktik yuklamalarni ko‘tara olmaydi. Ammo bir narsa aniqki, uning maydondaligi gollar bo‘lishini ta’minlaydi. Hammasi sekin-asta, tabiiy ravishda amalga oshishi kerak. Chunki Karnida yuqori darajaga chiqish uchun hamma narsa, tezlik, texnika, aql va nigoh bor. Hammasini vaqt hukmiga topshiramiz xolos.

Mixail Mudrik

Avvalo, Mudrikning transferini e’tirof etish kerak. Bizningcha, dunyodagi jamiki "Chelsi" fanatlari Mudrikning "Arsenal" tumshug‘i tagidan o‘g‘irlab ketilganidan xursand. Haqiqatdan ham jamoaga hujumda gollar yarata oladigan figura juda ham zarur edi. Shunday futbolchi topilganga o‘xshaydi. Mudrik Eden Azarni "Stemford Brij"dagi davomchisi bo‘lishga loyiq o‘yinchi. 22 yoshli vinger yaqin orada asosiy tarkib vakili aylanishi, keyingi mavsumlarda esa muhim fenomen bo‘lishi hech gap emas. Shundagina, "Chelsi"ning pullari maqsadli sarflangan bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:00, 22.01.2023.
O'qildi: 3367 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.